Tramp 3 turdagi jinoyatçilar uçun ölim jazosini qöllaşga vada berdi
AKŞ Prezidenti Donald Tramp agar AQŞda Respublikaçilar partiyasi Kongressga oraliq saylovlarda ğalaba qozonsa, giyohvand moddalar savdogarlari, odam savdogarlari va politsiyaçilarni öldirganlar uçun eng oliy jazo çorasini joriy etişga vada berdi. Bu haqda u keça, 2 oktyabr kuni Alabama ştatida öz tarafdorlari oldidagi nutqida gapirdi.
“Biz yirik giyohvand dilerlari, odam savdosi bilan şuğullanuvçilar va politsiyaçini öldirgan har qanday şaxs uçun ölim jazosini joriy etamiz”, deydi Tramp.
Qayd etiş joiz, ölim jazosi mavzusi hozirda Amerika OAVlari kun tartibida turibdi. Joriy yilning 30 sentyabr kuni Tennessi ştatida ölimga hukm qilingan Krista Geyl Paykni qatl etiş böyiça muvaffaqiyatsiz uriniş sodir bölgan edi. Unga ölim hukmi 1995 yilda kursdoşini şafqatsizlarça öldirgani uçun çiqarilgan. https://qalampir.uz/news/sevgilisining-ma-shuk-asini-uldirgan-mahbus-2-doza-ulim-dorisidan-keyin-ham-tirik-k-oldi-143893
Hukmni ijro etuvçilar preparatning birinçi dozasini yuborganidan söng, mahkum xuşida qolib, “qöli bilan nimadir bölayotganidan” şikoyat qilgan. Söng ayolga takroriy doza yuborilgan, ammo u yana omon qolgan va azoblanib xirillaşni boşlagan. Muvaffaqiyatsiz qatl va jinoyatçining azoblanişi eng oliy jazo çorasining insonparvarligi masalasini yana kun tartibiga olib çiqqan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jazoir parlamentining quyi palatasi Jinoyat kodeksiga qasddan öt qöyiş va bolalarni öğirlaganlik uçun ölim jazosini nazarda tutuvçi özgartirişlarni maqullagani haqida xabar berilgan edi.