USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil falastinlik mahbuslarni qatl qilişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi

121 марта

Isroil falastinlik mahbuslarni qatl qilişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi 

Isroil Knesseti (parlament) terrorçilik jinoyatlari uçun ölim jazosini joriy etişni nazarda tutuvçi qonunni qabul qilgan. Hujjatni 62 nafar deputat qöllab-quvvatlagan, 48 nafari qarşi ovoz bergan, yana biri betaraf qolgan. Bu haqda “ The Jerusalem Post” xabar berdi.

Qonunga köra, agar şaxs terrorçilik harakati davomida ataylab odam öldirsa, unga ölim jazosi qöllanadi. Hukm çiqarilgandan söng, jazoni 90 kun içida osiş orqali ijro etiş rejalaştirilgan.
Uşbu qonunni joriy etiş taşabbusi ultraöng siyosiy kuç – “Yahudiy kuçi” deputatlari tomonidan ilgari surilgan. Bu partiyaga Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir rahbarlik qiladi.
Qonun qabul qilingaç, deputatlar bu voqeani nişonlab şampan içgan. Ben-Gvir özining Telegram-kanalida video joylab, unda u hamkorlari bilan birga qadah kötargan.

“Reuters” malumotiga köra, uşbu qonun asosan falastinliklarga tasir qiladi. Çunki ularga nisbatan harbiy sudlar terrorçilik işlari böyiça köpinça sirtdan hukm çiqargan.

Isroilda qotillik uçun ölim jazosi 1954 yilda bekor qilingan edi. 

Ğarbiy Sohildagi harbiy sudlar falastinliklarga ölim jazosi çiqariş huquqiga ega bölsada, amalda bu jazoni heç qaçon qöllamagan.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos uşbu qonunni qoralab, uni falastinliklarni qörqitişga qaratilgan “muvaffaqiyatsizlikka mahkum uriniş” deb atagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: