Rossiyada vabo xavfi: Özbekistonning qöşnisi ham çegarada nazoratni kuçaytirdi
Qirğiziston davlat çegarasidagi ötkaziş punktlarida profilaktika çoralari va sanitariya-karantin nazoratini kuçaytirmoqda. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot markazi malum qildi.
Mazkur çora-tadbirlar Rossiyada vabo kasalligi qayd etilgani haqida paydo bölgan malumotlar munosabati bilan qabul qilingani körsatib ötilgan.
Barça sanitariya-karantin punktlari kuçaytirilgan iş formatiga ötkazilgan. Çegarada mutaxassislar odamlar, transport va yuklarning harakatini nazorat qilmoqda.
“Bu yuqumli kasalliklar, jumladan, öta xavfli infektsiyalarning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida amalga oşirilmoqda”, deyiladi idora xabarida.
Vaziyat sanitariya-epidemiologiya xizmati nazoratiga olingan.
Malumot uçun, vabo (çolera) – ingiçka içakning zararlanişi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning oğirlaşuvi va organizmning suvsizlanişi bilan davom etadigan ötkir infektsion öta xavfli içak kasalliklaridan biri. Vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik Vabo vibrioni va El-Tor vibrioni deb ataladigan ikki turga ajratiladi. Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygaça, muzda bir neça oy, ariqlarda bir neça kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir neça oy, axlat çuqurlarida 3 oygaça, içki kiyimlarda 2 oy, qum-tuproqda bir neça oy, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yoğda bir oygaça, kartoşkada 2 haftagaça, höl mevada bir neça kungaça tirik qolişi mumkin. Dezinfektsiyalovçi moddalar vibrionni tez öldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez öladi. Vabo vibrioni bemorning axlati, qusuği, bazan peşobi bilan taşqariga çiqadi. Vibrionlar tuşgan suv va oziq-ovqatni istemol qiliş natijasida mazkur kasallik yuqişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Şelexov şifoxonasida 27 yoşli bemor ayol vafot etgani xabar qilingan edi. Uning ölimidan söng şifoxona karantinga yopildi, ayol bilan muloqotda bölgan şaxslar esa izolyatsiya qilinib, tibbiy kuzatuvga olindi. Ölim sababi hozirça mutaxassislar tomonidan aniqlanayotgan infektsiya bilan boğlanmoqda. Uşbu voqea fonida ijtimoiy tarmoqlarda vabo infektsiyasi yuqtirilgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar paydo böldi.
Uşbu xabarlar fonida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Özbekistonda tegişli xizmatlarning tayyorgarligi kuçaytirilganini malum qildi.