Kataloniyani suv bosdi. Qurbonlar bor
Ispaniyaning Kataloniya mintaqasida kuçli yomğirlar va suv toşqinlari oqibatida ikki kişi halok böldi, yana bir kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Barselonaning şimolidagi Tordera şahrida devor qulab tuşişi oqibatida bir kişi halok bölgan. Yana bir ölim holati Montones-del-Valles şahrida qayd etilgan. Şuningdek, Barselonadan 52 kilometr şimolda joylaşgan Pineda-de-Mar şahrida bedarak yöqolgan kişini qidiriş işlari olib borilmoqda.
Kataloniya rasmiylari kuçli yoğingarçilik sabab qizil darajadagi xavf ogohlantirişini elon qilgan. Aholiga 3 oktyabr kuni soat 20:00 dan 4 oktyabr kuni 14:00 gaça uylarini tark etmaslik tavsiya etilgan. Meteorologlar mintaqada “mini dovul” yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Kuçli yomğirlar Barselona yaqinidagi Belvitge va Kornelya hududlarida uylarni suv ostida qoldirgan, avtomobillarni suv bosgan. Şahardagi avtomobil yöllarida ham katta miqdorda suv töplangan. Noqulay ob-havo sabab Barselona aeroportida reyslar bekor qilingan yoki keçiktirilgan. Mahalliy poyezdlar qatnovi töxtatilgan, dökonlar odatdagidan ertaroq yopilgan.
Şuningdek, futbol uçraşuvlari bekor qilingan, Barselonadagi Liseu opera teatrida Juzeppe Verdining “Aida” operasi namoyişi ham ötkazilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tailandda davom etayotgan suv toşqinlari oqibatida 40 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.