Ukraina “Yandeks”ning malumotlar markaziga zarba berdi
Ukraina Rossiyaning Ryazan viloyatidagi “Yandeks” kompaniyasiga tegişli malumotlar markaziga dronlar bilan zarba berdi. Hujum oqibatida yonğin çiqib, markaz faoliyati töliq töxtatildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ryazan viloyatining Sasovo şahridagi “Sasta” uskunasozlik zavodi hududida yonğin yuzaga kelgan. Zavod hududida “Yandeks”ning malumotlar markazlaridan biri joylaşgan. Naşr guvohlar olgan foto va videolarni tahlil qilib, yonğin aynan şu hududda çiqqanini aniqlagan.
Ukrainaning monitoring Telegram-kanallari yonğin Ukraina dronlari hujumidan keyin boşlanganini davo qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa bugun, 8 oktyabrga ötar keçasi Ukraina dronlari urib tuşirilgan hududlar qatorida Ryazan viloyatini ham qayd etgan.
“Yandeks” kompaniyasi ham Sasovodagi malumotlar markaziga Ukraina dronlari hujum qilganini tasdiqlagan. Kompaniya malumotlariga köra, zarba oqibatida infratuzilmaning bir qismi zarar körgan, yonğin çiqqan va markaz faoliyati töliq töxtatilgan.
“Hozirda hududdagi vaziyat nazorat ostida, jabrlanganlar yöq. Jamoa hodisa oqibatlarini bartaraf etiş va zarar körgan xizmatlar faoliyatini tiklaş ustida işlamoqda”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Hujumdan söng Rossiyaning ayrim saytlari ham işlamay qolgan. “Dojd” naşrining yozişiça, ular orasida avtomatik post joylaştiriş platformasi “Postmypost” hamda “Komsomolskaya pravda” naşrining Ryazan viloyatidagi mintaqaviy sayti bor.
Malumotlarga köra, “Yandeks”ning Sasovodagi malumotlar markazi 2014 yilda işga tuşirilgan. U “Sasta” zavodining avvalgi binolarining bir qismida joylaşgan. Mazkur korxona quvur kesiş stanoklarini işlab çiqaradi va mahsulotlarini Rossiyadagi maşinasozlik korxonalariga hamda xorijga yetkazib beradi.
Eslatib ötamiz, Ukrainada Rossiyaning ommaviy raketa va dron hujumlari oqibatida kamida 28 kişi halok bölib, yana 100 ga yaqin odam jarohatlandi.