Ukraina Soçidagi havo mudofaasi va neft zavodiga zarba berdi
Ukraina dronlari bugun, 4 sentyabrga ötar keçasi Rossiyaning Krasnodar ölkasidagi Soçi şahri va Sirius posyolkasiga hujum qildi. Zarba oqibatida neft bazasi hududida yonğin sodir böldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Naşrga köra, neft bazasi qaysi kompaniyaga tegişli ekani rasman malum qilinmagan. Biroq “Astra” naşri uşbu obekt Adler tumanida joylaşgan “Rosneft-Kubannefteprodukt” kompaniyasiga qaraşli ekanini yozgan.
Dastlabki malumotlarga köra, hujum oqibatida jabrlanganlar yöq. Şuningdek, bir neçta turarjoy binolari va boşqa inşootlarning oynalari şikastlangan. Hujumdan söng Soçi osmonida qora tutun köringan.
Ukrainaning monitoring Telegram-kanallari malumotlariga köra, dronlar havo hujumidan mudofaa tizimlariga ham hujum qilgan. Ular S-300 yoki S-400 zenit-raketa majmualari nişonga olinganini bildirgan.
“Astra” naşri guvohlarning foto va videolariga tayanib, zarbalardan biri Sirius posyolkasi yaqinidagi Psou daryosi hududiga tuşganini yozgan. Mazkur hududda S-300 yoki S-400 majmualari bilan jihozlangan havo hujumidan mudofaa divizioni joylaşgan. Zarba berilgan joyda yonğin boşlangan. Biroq mahalliy hokimiyat va Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa obektiga zarba berilgani haqida malumot bermagan.
Şuningdek, malumotlarga köra, dronlar Boşqirdistondagi “Sterlitamak” neft-kimyo zavodiga ham hujum qilgan. Bundan taşqari, mudofaa sanoatiga qaraşli “Avangard” federal davlat korxonasiga hujum uyuştirilgani malum qilingan. Mahalliy rasmiylar bu hujumlar haqida xabar bermagan. Keçasi Boşqirdiston hududida havo hujumi xavfi elon qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya qöşinlari Kiyevdagi universitetlardan biriga darslar davom etayotgan paytda “Şahed” dronlari bilan zarba bergan edi.