Pensilvaniyada otişma: töqqiz kişi halok böldi
Bugun, 10 oktyabr kuni Amerikaning Pensilvaniya ştatida sodir bölgan otişmada töqqiz kişi halok böldi. Bu haqda politsiyaga tayanib, CBS telekanalining mahalliy filiali KBTX xabar berdi.
Otişma aholi xonadonida yuz bergani aytilmoqda. Halok bölganlar orasida ikki nafar bola va bir homilador ayol bor. Voqea bugun, 9 oktyabr kuni Eri şahrida sodir bölgan. Dastlabki öq ovozidan söng politsiya xonadon yaqinida ikki nafar jarohatlangan ayolni topgan.
Gumonlanuvçi uy içida yaşiringan va voqea joyiga SWAT maxsus bölinmasi yuborilgan. Kuç tuzilmalari binoga kirganda bir neçta kişining murdasini, jumladan, jinoyatçining murdasini ham topgan. Politsiya malumotlariga köra, gumonlanuvçi hodisadan söng öz joniga qasd qilgan.
Hujumga nima sabab bölgani hozirça nomalum.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Nyu-York şahrida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) agentlari maxsus amaliyot vaqtida maşina içida 5 yoşli bola bölgan erkakni otib, yaralagani haqida xabar berilgan edi.