Pensilvaniyadagi otişma: 45 yoşli erkak öz qarindoşlarini öldirgani malum böldi
Avvalroq, Amerikaning Pensilvaniya ştatida sodir bölgan otişmada 9 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Otişmani 45 yoşli erkak sodir etgani, u öz uyida 8 kişini, jumladan, homilador ayol va bolalarni otib öldirgaç, öz joniga qasd qilgani malum böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Eri şahri politsiyasi boşliği Rik Loraxning malum qilişiça, erkak joriy yilning 9 oktyabr kuni öz uyida 8 kişini otgan. Halok bölganlarning 7 nafari uning qarindoşlari bölgan. Sakkizinçi qurbon esa homilador ayolning dösti ekani aytilmoqda.
Tergovçilar qölga kiritgan video va audio yozuvlarda uy içidan böğiq öq ovozlari eşitilgani qayd etilgan. 9 oktyabr kuni soat 17:00 ga yaqin ikki ayol uyga kelib, eşikni taqillata boşlagan. Politsiya boşliğining sözlariga köra, ayollar qattiq xavotirlangan holatda bölgan. Şundan söng qurollangan erkak taşqariga çiqib, öziga qarab yugurgan ikki ayolni otgan va yana uyga kirib ketgan.
Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, ikki ayolning jasadini uy taşqarisida topgan. Maxsus dron va robot yordamida dastlabki tekşiruv ötkazilgaç, xodimlar uyga kirgan. Birinçi qavatda 5 yoşli bola va 1 yoşli qizaloqning jasadi aniqlangan. Zinapoya qismida yana 2 ayol va 2 nafar yoş erkakning jasadi topilgan. Otişmani sodir etgan erkakning jasadi esa ikkinçi qavatdan aniqlangan.
“Qurbonlar va ularning oilalariga hurmat yuzasidan xodimlarimiz uy içida nimalarga duç kelganini batafsil aytmayman. Ammo jamoatçilik bu fojianing kölami va uning qurbonlar, ularning yaqinlari hamda butun şahrimizga körsatgan oğir tasirini tuşunişini istayman”, degan politsiya boşliği matbuot anjumanida.
Lorax jinoyatning sababini oçiqlamagan. Tergovçilar boşqa qarindoşlar bilan suhbatlaşiş, şuningdek, halok bölgan 2 ayolning mobil telefonlarini tekşirişni rejalaştirmoqda.
“Ular öşa uyda nimadir sodir bölayotganini bilişgan. Biz buning nima ekanini aniqlaşimiz kerak”, degan politsiya boşliği.
Uning qayd etişiça, politsiya öq ovozlarini aniqlaşga möljallangan ŞotSpotter tizimi orqali xabar kelganidan bir neça daqiqa ötib voqea joyiga yetib borgan. Mazkur tizim mikrofonlar tarmoği va suniy intellekt yordamida öq ovozlarini aniqlaydi.
Politsiya maxsus bölinmasi voqea joyida şovqinli granatalardan foydalangan. Şu sababli ayrim tovuşlar öq ovozi sifatida notöğri talqin qilingan bölişi mumkin. Politsiya malumotiga köra, dastlabki hodisadan keyin boşqa öq uzilmagan.
Pensilvaniya gubernatori Joş Şapiro Eri şahri meri Darya Devlinga yordam körsatişga tayyorligini bildirgan. Mer qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirib, butun şahar ular bilan birga qayğurayotganini aytgan. Okrug prokurori Elizabet Xirz esa tergov davom etayotgan bir paytda aholini miş-mişlar va tasdiqlanmagan malumotlarni tarqatmaslikka çaqirgan.
“Bu oilalar boşdan keçirayotgan azob-uqubatlarni miş-mişlar, taxminlar yoki tasdiqlanmagan malumotlar bilan yanada kuçaytirmang”, degan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Nyu-York şahrida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) agentlari maxsus amaliyot vaqtida maşina içida 5 yoşli bola bölgan erkakni otib, yaralagani haqida xabar berilgan edi.