USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Epşteyn işida yangi davo: advokat va hisobçi millionlardan quruq qolişi mumkin

80 марта
Эпштейн ишида янги даъво: адвокат ва ҳисобчи миллионлардан қуруқ қолиши мумкин

AQŞning Nyu-Meksiko ştati marhum moliyaçi Jefri Epşteynning advokati va hisobçisiga uning merosidan pul tölanişini töxtatiş uçun sudga murojaat qildi. Şuningdek, ştat Epşteynning jinsiy zöravonligidan jabr körganlar uçun tovon undirişni söramoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nyu-Meksiko Boş prokurori Raul Torrezning malum qilişiça, davo Epşteynning advokati Darren Indayk va hisobçisi Riçard Kanga qarşi kiritilgan. Ular Epşteynning jinsiy savdo bilan boğliq faoliyatiga yordam beriş, uni moliyalaştiriş va yaşirişda ayblanmoqda.

Davo arizasiga köra, Indayk va Kan Epşteynning 107 million dollarlik merosini boşqaruvçi hamijroçilar hisoblanadi. Ularning har biri merosdan mos ravişda 50 million va 25 million dollar olişi mumkin.

Biroq ularning advokati Deniyel Vayner ayblovlarni rad etgan. Uning aytişiça, Indayk va Kan ayollarga nisbatan jinsiy zöravonlikka bila turib yordam bergan emas. Advokat jinoyatlar ular bölmagan joylarda sodir etilganini takidlagan.

“Epşteyn yolğiz harakat qilmagan. Uning ölimi jinoyatlariga yordam bergan şaxslarni javobgarlikka tortiş harakatlariga çek qöymaydi”, degan Torrez.

Nyu-Meksiko ştati joriy yilning fevralida Epşteynning Zorro Ranç rançosidagi faoliyati yuzasidan tergovni qayta boşlagan edi. Epşteyn uşbu hududda qariyb 30 yil davomida ayollar va qizlarga nisbatan zöravonlik qilganlikda ayblangan. Biroq tergov boşlanganidan sakkiz oy ötib ham jinoiy ayblovlar ilgari surilmagan.

Bundan taşqari, ştat Epşteyn işi böyiça tahrir qilinmagan hujjatlarni oliş uçun AQŞ Adliya vazirligini sudga bergan. Ştat rasmiylari Donald Tramp mamuriyatini tergovga tösqinlik qilişda ayblamoqda. Vazirlik esa ayrim hujjatlar taqdim etilganini, biroq şaxsiy malumotlarni himoya qiliş talablari sababli materiallarning katta qismini beriş imkoni bölmaganini bildirgan.

Epşteynning jinsiy savdo tarmoğidan jabr körgan ikki ayol – Yuliya Molçanova va Anuşka De Jorjio sudga murojaat qilinişini qöllab-quvvatlagan. Ularning fikriça, Epşteynning jinoyatlariga bila turib yordam bergan va uning merosidan foyda körişi mumkin bölgan şaxslar ham javobgarlikka tortilişi kerak.

Epşteynning şerigi Jizleyn Maksvell 2022 yilda voyaga yetmagan şaxsni jinsiy savdoga jalb qiliş va şu bilan boğliq jinoyatlarda aybdor deb topilib, 20 yilga qamalgan.

Eslatib ötamiz, amerikalik moliyaçi Jefri Epşteyn 2019 yil avgust oyida Nyu-Yorkdagi qamoqxonada ölik holda topilgan. Joriy yil boşida AQŞ Adliya vazirligi Epşteyn işiga oid minglab sahifalik yangi hujjatlarni elon qilgandi. Şuningdek, Epşteynning huquqiy vorisi va uning ikki hamkori qariyb 40 nafar jabrlanuvçiga 35 million dollargaça kompensatsiya tölaşga kelişib olgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: