Rossiya va Ukraina bir-biriga yuzlab dronlar bilan hujum qildi
Bugun, 22 oktyabr kuni Ukraina va Rossiya özaro dron va raketa hujumlarini amalga oşirdi. Hujumlar oqibatida Ukrainada kamida yetti kişi, Rossiyaning Belgorod viloyatida esa bir kişi halok böldi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Moskva meri Sergey Sobyanin bir keça davomida Moskva viloyati osmonida 630 ta Ukraina droni aniqlanganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, ulardan 163 tasi bevosita Moskva tomon yönalganida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilgan. Moskvaning janubi-ğarbida joylaşgan Voronovo tumanida ikki kişi jarohatlangan.
Şuningdek, poytaxt janubida portlaş va yonğin sodir bölgani haqida xabarlar tarqalgan. “Astra” guvohlar tasvirga olgan videolar asosida Serpuxov şahridagi Rossiya Mudofaa vazirligining Boş raketa-artilleriya boşqarmasiga qaraşli saqlaş va logistika obektiga zarba berilganini bildirgan. Biroq “The Moscow Times” bu malumotni mustaqil ravişda tasdiqlay olmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa 21 oktyabrdan kundan 21 oktyabrga ötar keçasi mamlakat hududlari va anneksiya qilingan Qrim osmonida Ukrainaga tegişli 808 ta dron urib tuşirilganini davo qilgan.
Ukrainada Rossiya hujumlari oqibatida Zaporoje viloyatida uç, Donetsk viloyatida ikki, Sumida bir kişi va Xarkov viloyatida bir ayol halok bölgan. Rossiya hududlarida ham jarohatlaniş va infratuzilmaga zarar yetişi holatlari qayd etilgan.
Özaro hujumlar AQŞning Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralarini qayta boşlaşga qaratilgan say-harakatlari fonida yuz berdi. AQŞning maxsus vakili Stiv Uitkoff Sankt-Peterburgda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşib, uç tomonlama tinçlik muzokaralarini tiklaş masalasini muhokama qilgandi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev AQŞning Vaşington, Moskva va Kiyev iştirokidagi muzokaralar ötkaziş taklifini qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Kreml esa Putin AQŞ vositaçiligidagi muzokaralarni kelasi oydayoq qayta boşlaşga rozi bölganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, bugun, 22 oktyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlarining Kiyevga ballistik raketalar bilan bergan zarbasi oqibatida 1 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.