Ukraina “Tatneft”ning Samaradagi yirik kimyo zavodiga zarba berdi
Bugun, 24 oktyabr kuni ertalab Ukraina dronlari Samara viloyatidagi “Tolyattikauçuk” yirik neft-kimyo korxonasiga hujum qildi. Bu haqda mahalliy aholiga tayanib, Ukraina monitoring kanallari xabar berdi.
Guvohlar tomonidan elon qilingan videolarga köra, keyinroq takroriy hujumlar ham yuz bergan. “Tatneft”ga tegişli zavod tepasida qora tutun kötarilgan. Mahalliy naşrlar dronlar hujumi va köplab “kuçli portlaşlar” haqida yozgan. Şuningdek, şahar aholisi “Tolyattikauçuk” joylaşgan köça yopib qöyilganini xabar qilgan.
“Astra”ning aniqlik kiritişiça, uşbu joy yaqinida Tolyatti IES joylaşgan. U ham hujumga uçragan bölişi mumkin – şahar aholisi elektr va suv taminotidagi uzilişlar haqida xabar bergan. Bundan taşqari, Samara gubernatori Vyaçeslav Fedorişevning obunaçilaridan biri Tolyattida “daxşat” bölayotgani va havoga “kimyoviy hid” tarqalganini yozgan. Korxona monomerlar, uglevodorod fraktsiyalari va avtomobil benziniga qöşiladigan qöşimçalar işlab çiqaradi. Zavod tomonidan çiqariladigan sintetik kauçuklar esa taktik va ballistik raketalar uçun qattiq raketa yonilğisini işlab çiqarişda qöllaniladi.
Fedorişevning malumotiga köra, Havo hujumidan mudofaa kuçlari va mobil öt oçiş guruhlari Samara viloyatida bir neçta dronni urib tuşirgan. U hujum oqibatlari tasvirlangan kadrlarni elon qilganlik uçun javobgarlik borligidan ogohlantirib, qöşimça malumotlarni keltirmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Qurolli kuçlari Xerson yönalişidagi Oleşki aholi punkti yaqinida gumanitar operatsiya ötkazilişi munosabati bilan joriy yil 27 oktyabr Moskva vaqti bilan soat 04:00 dan etiboran sukut rejimini joriy etgani haqida xabar berilgan edi.