USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniyada Gitlerning “Burgut uyasi” yonib, kul böldi

95 марта
Германияда Гитлернинг “Бургут уяси” ёниб, кул бўлди

Germaniyaning Bavariya Alp toğlarida Adolf Gitler uçun qurilgan “Burgut uyasi” nomi bilan tanilgan tarixiy bino yonğinda deyarli butunlay vayron böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yonğin keça, 23 oktyabr kuni Germaniyaning janubi-şarqidagi Berxtesgaden tumanida joylaşgan binoda yuz bergan. Yonğin signalizatsiyasi 23 oktyabr kuni taxminan soat 21:15 da işga tuşgan. Voqea joyiga yetib borgan öt öçiruvçilar dengiz sathidan 1834 metr balandlikda joylaşgan binoga yaqinlaşganida alangani körgan.

Hududning murakkab relefi sababli öt öçiriş maşinalarini voqea joyiga olib boriş qiyin bölgan. Politsiya malumotiga köra, bino va uning atrofidagi hududga faqat nafas olişni himoya qiluvçi maxsus vositalar bilan kiriş mumkin bölgan. Şu sababli yonğinni öçiriş işlari murakkab keçgan.

Mahalliy turizm boşqarmasi dastlab binodagi ayrim qismlarni saqlab qoliş mumkin yoki mumkin emasligi nomalumligini bildirgan. Keyinçalik politsiya bino deyarli butunlay yonib ketganini malum qilgan. Öt öçiruvçilar bino içidan heç kimni topmagan, rasmiylar hozirça hodisada heç kim jabrlanmagan deb hisoblamoqda.

Politsiya yonğin boşlanganidan köp ötmay tergovçilar etiboriga tuşgan şaxs hibsga olinganini bildirgan. Biroq uning yonğinni keltirib çiqarişga aloqasi bor-yöqligi hozirça aniqlanmagan.

Malumot uçun, Kehlsteinhaus nomi bilan ham tanilgan “Burgut uyasi” 1938 yilda qurib bitkazilgan. Binoga toğ yöli orqali, söng bir neçta tunnel va qoya içida joylaşgan lift yordamida yetib boriş mumkin. Yöl oddiy transport vositalari uçun yopiq bölib, undan sayyohlik avtobuslari foydalanadi.

Mazkur bino 1952 yildan buyon kafe va restoran sifatida faoliyat yuritib kelgan. Şuningdek, unda maskan tarixiga bağişlangan körgazma ham mavjud. Yonğin sodir bölişidan oldin bino 23 oktyabr kuni taşrif buyuruvçilar uçun oçiq bölmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya poytaxti Parijda 1615 yilda taşkil etilgan tarixiy oziq-ovqat bozori kuçli yonğin oqibatida butunlay vayron bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: