Nvidia rahbari Qozoğistonda: mamlakat SI uçun 45 mingta protsessor sotib olmoqçi
AQŞning Firebird kompaniyasi Qozoğistonga 45 mingta Nvidia Grace Blackwell grafik protsessorini yetkazib beriş uçun eksport litsenziyasini oldi. Bu mamlakatda suniy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini oşirişga qaratilgan yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Bu haqda NVIDIA kompaniyasining rasmiy blogida malum qilindi.
Qayd etilişiça, keça, 23 oktyabr kuni Nvidia asosçisi Jensin Huang Ostona şahrida Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bilan uçraşgan. Şuningdek, u Alem.ai xalqaro suniy intellekt markazida Boş vazir örinbosari – Suniy intellekt va raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyev bilan oçiq suhbat ötkazgan.
Malumotlarga köra, Huang Qozoğistonga energetika resurslaridan suniy intellekt sanoatini rivojlantirişda foydalanişni taklif qilgan. Uning fikriça, mamlakat kelajakda elektr energiyasini bevosita eksport qiliş örniga, undan hisoblaş quvvatlarini yaratişda foydalanib, “intellekt” eksport qilişi mumkin. Buning uçun arzon elektr energiyasi, malumotlar va hisoblaş xizmatlariga talab zarur.
Huang, şuningdek, Qozoğistonni suniy intellektni robototexnika, avtonom transport va sanoat tizimlari bilan birlaştiruvçi Physical AI texnologiyalari markaziga aylantiriş imkoniyatini tilga olgan. Bunday texnologiyalar konçilik, qişloq xöjaligi, energetika va logistika sohalarida qöllanişi mumkin.
Qozoğistonda yirik malumotlar markazlari qurilmoqda
Firebird kompaniyasi uçun hisoblaş majmuasining birinçi bosqiçi Ekibastuz şahrida “Kazakhtelecom” bilan hamkorlikda qurilmoqda. Uni tijoriy foydalanişga topşiriş 2027 yilning uçinçi çoragiga rejalaştirilgan. Ikkinçi bosqiç ham amalga oşirilsa, Firebird’ning Qozoğistondagi infratuzilmasi umumiy energiya quvvati qariyb 500 MVtga yetişi mumkin.
Bundan taşqari, Data Center Valley loyihasi ham rivojlantirilmoqda. Malumotlar markazlari klasterini bosqiçma-bosqiç 1 GVtgaça kengaytiriş rejalaştirilgan. Qozoğiston Suniy intellekt vazirligi malumotiga köra, loyihaning 215 MVt quvvatga ega birinçi bosqiçi töliq band qilingan.
15 iyun kuni Qozoğiston hukumati suniy intellekt va raqamli infratuzilmaga oid, umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollar deb körsatilgan kelişuvlar paketi tuzilganini malum qilgan. Kelişuvlar malumotlar markazlari, bulutli xizmatlar va hisoblaş quvvatlarini rivojlantirişni nazarda tutadi.
Nvidia Qozoğiston bilan boğliq startapga sarmoya kiritdi
Taşrif davomida Nvidia va AQŞning TKV fondi suniy intellekt yordamida video va tasvirlar yaratuvçi Higgsfield kompaniyasiga sarmoya kiritgani ham elon qilingan. San-Frantsiskoda röyxatdan ötgan kompaniyaning muhandislik jamoasining katta qismi Qozoğistonda faoliyat yuritadi. Kompaniya malumotiga köra, platforma foydalanuvçilari soni 40 milliondan oşgan. Nvidia va TKV kiritgan yangi investitsiya miqdori oşkor etilmagan.
Qozoğistonda milliy suniy intellekt modellari ham rivojlantiriladi
Muzokaralarda milliy til modellarini rivojlantiriş masalasi ham kötarilgan. Huang mamlakatlar öz malumotlari ustidan nazoratni saqlaşi, mahalliy tillar va madaniy xususiyatlarni hisobga oladigan suniy intellekt tizimlarini yaratişi zarurligini takidlagan.
“Kazakhtelecom” Ostona va Olmaotada 400 ta H200 hamda 480 ta B300 grafik protsessorini joylaştirgan. Operator 2027 yilda yana 2 mingdan ortiq GPU örnatişni rejalaştirmoqda. Uşbu infratuzilma Qozoğiston kompaniyalariga öz suniy intellekt modellarini öqitiş, xorijiy buyurtmaçilarga hisoblaş xizmatlarini körsatiş va texnologiyalarni sanoatda qöllaş imkonini berişi kutilmoqda.
Biroq elon qilingan infratuzilmaning katta qismi hali quriliş yoki rejalaştiriş bosqiçida. Hisoblaş xizmatlari eksportining amaldagi kölami malumotlar markazlarining işga tuşirilişi, elektr energiyasi mavjudligi va xizmatlarga bölgan talabga boğliq böladi.