Ispaniyada poyezdlar töqnaşuvi: qurbonlar 64 kişiga yetdi
Ispaniyada ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdning töqnaşib ketişi 64 kişining ölimiga olib keldi. Şuningdek, 80 ga yaqin yölovçi jarohat olgan, ularning önlab nafari oğir ahvolda qolmoqda. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Kastiliya-La-Mança mintaqaviy mamuriyatiga köra, ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdning töqnaşuvi oqibatida 64 kişi halok bölgan. Yana 80 ga yaqin yölovçi jarohat olgan, ulardan 50 nafari oğir jarohatlangan.
“Men noutbukda işlab ötirgan edim, tösatdan juda kuçli tezlaşişni his qildim va oldimdagi örindiqqa urildim. Odamlar vagondan çiqib ketişdi. Biz poyezd izdan çiqib ketdi deb öyladik”, deydi 54 yoşli Xesus Xeronimo “El País” gazetiga.
Qayd etilişiça, fojia sabablari aniqlanmoqda. Ehtimoliy talqinlar orasida inson omili bilan boğliq xatolik ham körib çiqilmoqda.
Malumot uçun, uşbu töqnaşuv xuddi şu yönalişda va öşa operatorlar iştirokida 46 kişining yostiğini quritgan temir yöl halokatidan atigi töqqiz oy ötib yana yuz berdi.
Eslatib ötamiz, bugun, 28 oktyabr kuni Ispaniyada poyezdlar töqnaşuvi yuz berdi. Avvaliga Urda stantsiyasi hududida sodir bölgan favqulodda hodisa oqibatida kamida 39 kişi halok bölgani malum qilingan edi. Keyinçalik Ispaniya OAVlari temir yöl halokatida halok bölganlar soni 50 kişiga yetganini xabar qildi. Şuningdek, kamida 179 kişi jarohatlangani haqida malumotlar paydo böldi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev poyezdlar töqnaşuvi oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yölladi.