USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ispaniya tezyurar poyezdlar töqnaşib ketdi. Köplab qurbonlar bor

240 марта

Ispaniya tezyurar poyezdlar töqnaşib ketdi. Köplab qurbonlar bor

Keça, 18 yanvar kuni Ispaniyaning janubida tezyurar poyezdlardan biri relsdan çiqib, qarama-qarşi yönalişda kelayotgan boşqa bir poyezd bilan töqnaşib ketdi. Zarba oqibatida ikkinçi poyezd ham relsdan çiqib, temiryöldan pastga qulab tuşgan. Politsiya manbalari kamida 21 kişi halok bölganini tasdiqlagan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, halokat Kordoba viloyatidagi Adamus şahri yaqinida, Madriddan taxminan 360 kilometr janubda sodir bölgan. Andalusiya mintaqaviy hukumati rahbari Xuanma Morenoning aytişiça, 75 kişi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan 15 nafari oğir ahvolda. U qurbonlar soni yana oşişi mumkinligini istisno etmagan. 
“Töqnaşuv juda kuçli bölgan, yana qurbonlar topilişi mumkin. Vayron bölgan vagonlarni ajratiş uçun oğir texnikadan foydalaniladi”, degan Moreno.  
“El Pais” gazetasi xabariga köra, Madriddan Uelvaga ketayotgan 27 yoşli poyezd maşinisti ham halok bölgan. Ikki poyezdda jami taxminan 400 yölovçi bölgan. Ularning aksariyati dam oliş kunidan söng Madridga yoki undan qaytayotgan ispanlar edi. Yanvar oyida sayyohlik mavsumi bölmagani sababli, poyezddagilarning neça nafari sayyoh bölgani aniq emas. 
“Jarohatlanganlar juda köp. Hali ham titrayapman”, degan Madridga ketayotgan yölovçilardan biri.
Ikkinçi poyezd yölovçilaridan biri ham davlat telekanali TVE’ga intervyu bergan. 
“Odamlar qiçqirardi, sumkalar javonlardan qulab tuşdi. Men törtinçi vagonda edim, oxirgisida va şu bois omon qoldim”, degan u. 
“El Pais” malumotiga köra, “Renfe” kompaniyasiga tegişli ikkinçi poyezd töqnaşuv paytida soatiga 200 km tezlikda harakatlanayotgan bölgan. Birinçi poyezdning tezligi nomalum.
Ispaniya transport vaziri Oskar Puentening aytişiça, halokat sababi hozirça aniqlanmagan. U töğri temiryöl uçastkasida bunday hodisa yuz bergani “juda ğalati” ekanini takidlagan. Uşbu temiryöl qismi 2025 yil may oyida yangilangan. 

Puentening aytişiça, halok bölganlar va jarohatlanganlarning aksariyati ikkinçi poyezdning dastlabki ikki vagonida bölgan. Birinçi vagonda 37 kişi, ikkinçisida 16 kişi bölgan. Malagadan Madridga ketayotgan “Iryo” poyezdida 300 dan ortiq, “Renfe”ga tegişli poyezdda esa 100 ga yaqin yölovçi bölgan. 
Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes ham bugun, 19 yanvar kungi rejasini bekor qilib, fojia bilan şuğullanişini bildirgan. Qirol va qiroliça ham vaziyatni xavotir bilan kuzatayotgani aytilmoqda. 

Mahalliy televideniye Adamusda yölovçilar uçun vaqtinçalik markaz taşkil etilganini, mahalliy aholi oziq-ovqat va körpa-töşak olib kelganini körsatgan. Keçasi havo harorati 6 gradus atrofida bölgan. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: