USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hindiston va Xitoy örtasidagi bahsli çegarada yana keskinlik yuzaga keldi

14 марта
Ҳиндистон ва Хитой ўртасидаги баҳсли чегарада яна кескинлик юзага келди

Hindiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar yaxşilanayotgan bir paytda Himolay toğlaridagi bahsli çegara hududida yangi keskinlik yuzaga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Malumotlarg köra, Hindiston – Tibet çegara politsiyasi (ITBP) rahbari Şatruxit Singx Kapur Arunaçal-Pradeş ştatidagi bir neçta hududda Hindiston va Xitoy harbiylari yuzma-yuz kelganini aytgan. Harbiylar örtasidagi dastlabki qarama-qarşiliklar iyul oyida boşlangan. Öşanda ikki tomon qöşinlari ortga çekingan, biroq bir neça kundan keyin Xitoy harbiylari köproq son bilan hududga qaytgani xabar qilingan.

Hindiston ommaviy axborot vositalari hukumatdagi manbalarga tayanib, Xitoy harbiylari Hindiston öz hududi deb hisoblaydigan çegaradan 6-7 kilometr içkarida çodirlar örnatganini yozmoqda. Biroq bu malumot rasman tasdiqlanmagan.

Kapurning bayonoti Hindistonda siyosiy bahslarga sabab böldi. Muxolif Kongress partiyasi boş vazir Narendra Modi hukumatini Xitoy bilan çegara masalasida yetarliça qatiy pozitsiya bildirmayotganlikda aybladi. Hindiston Taşqi işlar vazirligi vakili Randxir Jaysval Xitoy harbiylari belgilangan patrullik tartibidan çetga çiqqan hollarda çegaradagi vaziyat vaqti-vaqti bilan keskinlaşişini bildirgan. Uning sözlariga köra, ikki davlat mavjud muammolarni harbiy va diplomatik kanallar orqali hal qilişga intilmoqda.

Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa mamlakat Hindiston bilan tuzilgan kelişuvlarga rioya qilayotganini, çegaradagi patrullik faoliyati hududiy suverenitetni himoya qilişga qaratilganini malum qilgan.

Qayd etiş joiz, Hindiston va Xitoy örtasidagi 3 440 kilometrlik bahsli çegara önlab yillardan beri kelişmovçiliklarga sabab bölib kelmoqda. Pekin Arunaçal-Pradeşni Janubiy Tibetning bir qismi deb hisoblaydi, Nyu-Dehli esa bu davoni rad etadi.

2020 yil iyun oyida Ladakhdagi Galvan vodiysida ikki davlat harbiylari töqnaşib, kamida 20 nafar hindistonlik va 4 nafar xitoylik harbiy halok bölgan edi. Şundan söng mamlakatlar örtasidagi munosabatlar keskin yomonlaşgan. Biroq 2024 yildagi muzokaralardan keyin tomonlar çegaradagi keskinlikni yumşatişga kelişib, töğridan töğri aviaqatnovlarni tiklaş va viza çeklovlarini yengillaştiriş çoralarini köra boşlagan.

Şunga qaramay, sönggi hodisalar çegara masalasi hali hal etilmaganini körsatmoqda. Ikki davlat örtasidagi ziddiyatlarga qaramay, iqtisodiy aloqalar kengayişda davom etmoqda. 2025 yilda Hindiston va Xitoy örtasidagi savdo aylanmasi 151 milliard dollarga yetgan. Şundan qariyb 131 milliard dollari Xitoyning Hindistonga eksporti hissasiga töğri kelgan.

Hindiston sanoati, xususan, elektromobil akkumulyatorlari, noyob yer metallari, farmatsevtika va maşinasozlik sohalari Xitoy importiga sezilarli darajada boğliq. Mutaxassislarning fikriça, çegaradagi kelişmovçiliklar ikki davlatning nafaqat diplomatik munosabatlariga, balki savdo va sanoat hamkorligiga ham tasir körsatişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: