USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putindan Qozoğistonga qöşin kiritişni söragan ayol qölga olindi

59 марта
Путиндан Қозоғистонга қўшин киритишни сўраган аёл қўлга олинди

Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) Pavlodarda mahalliy aholi vakili bölgan ayolni qölga oldi. U oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Qozoğistonga qöşin kiritişni söragan va qozoqlarni haqorat qilgan videosini elon qilgan. Bu haqda “Ulysmedia.kz” xabar berdi.

Qayd etilişiça, ayol joriy yilning 28 oktyabr kuni prokuratura nazorati ostida qölga olingan. Idora malumotlariga köra, unga nisbatan sudgaça bölgan tergov harakatlari boşlangan. MXQning qöşimça qilişiça, u avval ham giyohvandlik moddalarini sotişda ayblanib sudlangan. Qömita tergov siriga tayanib, boşqa tafsilotlarni oşkor etmayapti.

Özi nima bölgan?

Bir neça kun avval özini Olga Borisovna Muxametjanova deb taniştiradi ayol ijtimoiy tarmoq orqali videomurojaat elon qilib, Ekibastuzda tuğilganini aytgan. Şundan söng, u Putinga murojaat qilgan.

“Vladimir Vladimiroviç, iltimos, Qozoğistonga ham qöşin kirita olasizmi? Toki har bir qozoq öz xöjayinini – rus odamini eslab qolsin va tan olsin”, deydi u.

Keyinçalik ayol Rossiya azaliy rus şaharlari deb atagan Qozoğiston şaharlarini qaytarib olişini davo qilgan.

“Men rus odami sifatida şuni malum qilamanki, Qozoğistonda qozoqlar ovoz beriş huquqiga ega emas”, deydi video muallifi.

Oxirida u özi bilan hamfikr bölgan rossiyaliklardan layk bosişni söragan va qozoqlar şaniga haqoratli sözlar aytgan. 

Malumot uçun, Qozoğiston Jinoyat kodeksining 174-moddasiga muvofiq, millatlararo adovatni qözğatganlik uçun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Holatlarga qarab, jazo 8,65 milliondan 30,275 million tengegaça jarima yoki ikki yildan yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni öz içiga olişi mumkin. Agar uşbu qilmiş oğir oqibatlarga olib kelgan bölsa, ozodlikdan mahrum qiliş muddati 12 yildan 20 yilgaçani taşkil etişi mumkin. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistondagi vokzallarning nomi özgartirilişini xuşlamagan rossiyalik teleboşlovçi Tina Kandelaki uşbu jarayonni “manqurtlaşiş”ga qiyoslagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: