Ukraina rus tilidagi barça madaniy mahsulotlarni taqiqlamoqçi
Ukrainada rus tilidagi barça madaniy mahsulotlarni, jumladan, qöşiqlarni jamoat joylarida ijro etiş va tarqatişni taqiqlaşga tayyorgarlik körilmoqda. Tegişli özgartirişlar davlat tili töğrisidagi hamda “Madaniyat töğrisida”gi qonunlarga kiritilişi mumkin. Bu haqda Ukraina davlat tili himoyasi böyiça vakili Yelena Ivanovskaya “Hromadske” naşriga bergan intervyusida malum qildi.
Ivanovskayaning aytişiça, amaldagi qonunçilik rus tilidagi musiqiy asarlarni faqat Rossiya fuqarolari tomonidan ijro etilişini çeklaydi. Yangi taklif esa bu çeklovni ijroçining fuqaroligidan qati nazar, barça uçun joriy etişni nazarda tutadi.
“Biz amaldagi davlat tili töğrisidagi qonunga, şuningdek, umid qilamanki, “Madaniyat töğrisida”gi qonunga kiritiladigan özgartirişlarni taklif qildik. Xususan, 15-moddaga kiritiladigan özgartirişlarga köra, rus tilidagi madaniy mahsulot qonundan taşqarida qoladi. Gap hozir ham tinglanayotgan, bazan esa Ukraina fuqarolari tomonidan jamoat joylarida ijro etilayotgan rus tilidagi musiqiy asarlar haqida ham bormoqda”, degan Ivanovskaya.
Malumot uçun, rus tili Ukrainada davlat tili maqomiga ega emas. Ukraina Konstitutsiyasining 10-moddasida rus tili va boşqa milliy ozçiliklar tillarining erkin rivojlanişi, işlatilişi hamda himoya qilinişi kafolatlangan.
Şu bilan birga, 2019 yilda Ukrainada davlat tili töğrisidagi qonun kuçga kirgan. Unga köra, ukrain tilining mamlakatda qöllanadigan boşqa tillarga nisbatan alohida maqomi belgilangan. Rossiya Taşqi işlar vazirligi uşbu qonunni “majburiy ukrainlaştiriş” deb atagan, uning ayrim bandlarini esa rus tilidan turli sohalarda foydalanişga qöyilgan töğridan töğri taqiq sifatida baholagan.
Joriy yil yozida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rus tilini Yevropa mintaqaviy yoki ozçilik tillari xartiyasi matnidan çiqarib taşlaş töğrisidagi qonunni imzolagan. Natijada rus tili mamlakatda mazkur xartiya doirasida himoya qilinmaydigan bölgan. Uşbu taşabbusni Ivanovskaya ötgan yil avgust oyida ilgari surgandi.
Öşanda Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Kiyevning rus tilini mintaqaviy tillar röyxatidan çiqariş taşabbusini tanqid qilgan.