Rossiya ğalla taşiş uçun Ikkinçi jahon uruşi davridagi yönalişdan foydalanmoqda
Dunyoning eng yirik buğdoy eksportçisi bölgan Rossiya ğalla taşiş uçun birinçi marta Ikkinçi jahon uruşi davrida foydalanilgan Arktika dengiz yönalişiga murojaat qildi. Ukrainadagi uruş Qora dengiz orqali savdoni töxtatgan, rasmiylar esa NATO nazoratidagi Boltiq dengizida ham xavf borligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Reuters” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, iyul oyida yangi ğalla mavsumi boşlanganidan beri Rossiya va Ukraina bir-birining portlari hamda kemalariga hujum qilib kelmoqda. Buning oqibatida Qora dengizda qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi töxtab qolgan. Yaqin Şarq va Osiyodagi asosiy xaridorlarini saqlab qolişga intilgan Rossiya ğalla taşişni Boltiq dengizi portlariga yönaltirgan. Bu maqsadda janubiy hududlardan temir yöl orqali taşiş subsidiyalandi. Şuningdek, Arktika yönalişidan foydalaniş imkoniyatlari ham körib çiqilgan.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Murmansk tijorat dengiz porti va mamlakatning eng yirik savdo kompaniyalaridan biri bölgan Demetra Holding birinçi yuk ortilganini malum qilgan. Asosiy qişloq xöjaligi hududlaridan keltirilgan 3400 tonna ğalla kema bortiga ortilgan.
Murmansk porti Moskvadan qariyb 2 ming kilometr şimolda, Norvegiya çegarasi yaqinida joylaşgan. Unga xalqaro suvlar orqali kiriş mumkin. Ikkinçi jahon uruşi davrida ittifoqçilar uşbu port orqali Sovet Ittifoqiga yuk yetkazib bergan.
“Ananaviy eksport yönalişlari çeklovlarga duç kelayotgan bir paytda Murmansk tijorat dengiz porti rossiyalik fermerlar uçun taşqi bozorlarga çiqişning muqobil yölini tezkorlik bilan oçmoqda”, deyiladi port xabarida.
Boltiq dengizidagi xavflar
Kema qatnovi malumotlari va bozordagi manbaning xabar berişiça, Murmanskda qariyb 28 ming tonna buğdoy Marokaşning Kasablanka portiga yöl olayotgan kemaga ortilişi kerak.
Rossiya öz ğalla savdosini asosan Boltiq dengizi portlariga yönaltirgan edi. Sentyabr oyida uşbu portlar orqali 1,2 million tonna ğalla eksport qilingan. Bu dengiz orqali taşilgan jami ğallaning 60 foizdan ortiğini taşkil etadi. Kompaniyalar ğalla taşiş uçun öğit va kömir terminallarini ham moslaştirmoqda.
Kremlning ayrim rasmiylari Yevropadagi NATOga azo davlatlar tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan “duşmanona” harakatlardan ogohlantirgan. Rossiyadan taşqari Boltiq dengiziga çiqiş imkoniyatiga ega barça mamlakatlar NATO azolari hisoblanadi.
Sönggi oylarda Rossiyaning Yevropa bilan munosabatlari yomonlaşdi. Kreml Yevropa mamlakatlarini Ukrainadagi mojaroda bevosita harbiy iştirok etişda ayblagan. Yevropa hukumatlari esa bu ayblovlarni rad etib, Ukrainaga berilayotgan harbiy va moliyaviy yordam Kiyevning özini himoya qilişiga kömaklaşişga qaratilganini bildirgan.
Qora dengiz kelişuvi
Rossiyadan ğalla import qiluvçi Turkiya otaşkesim elon qiliş va Qora dengizda yuk taşişni tiklaşga harakat qildi. Biroq Rossiya yangi Qora dengiz ğalla bitimidan manfaatdor emasligini malum qildi. Turkiya va BMT 2022 yil iyul oyida Qora dengiz ğalla taşabbusiga vositaçilik qilgan. Uşbu kelişuv Ukraina ğallasini Qora dengiz orqali xavfsiz eksport qiliş imkonini bergan edi. Rossiya özining oziq-ovqat va öğit eksporti tösiqlarga duç kelayotganidan şikoyat qilib, 2023 yilda kelişuvdan çiqib ketgan.