Ukraina dronlari Rossiyadagi ikki zavodga hujum qildi
Ukraina dronlari Rossiyaning Bryansk viloyatidagi harbiylar uçun konserva işlab çiqaradigan zavod va Samara viloyatidagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. Har ikki korxona hududida yonğin çiqqan. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Malum qilinişiça, bugun, 30 oktyabrga ötar keçasi Bryansk viloyatining Starodub şahriga dronlar hujum qilgan. Mahalliy aholi tarqatgan foto va videolarni tahlil qilgan “Astra“ naşriga köra, zarba “Konservsuşprod” korxonasiga berilgan. Hujumdan keyin zavod hududida kuçli yonğin boşlangan.
Kompaniya saytida keltirilişiça, korxona Rossiya xavfsizlik kuçlari va Qurolli kuçlari uçun konserva hamda individual oziq-ovqat ratsionlarini işlab çiqaradi. Şuningdek, u “Rossiya armiyasi” brendiga egalik qiladi. Zavodga avval ham, 2023 va 2025 yillarda dronlar bilan hujum qilingan.
Şu kuni ertalab Samara viloyati gubernatori Vyaçeslav Fedorişev hududga Ukraina dronlari hujum qilganini malum qilgan. Uning aytişiça, viloyatda havo hujumidan mudofaa tizimlari va mobil öt oçiş guruhlari işlagan.
Novokuybişevsk aholisi portlaşlar ovozini eşitgan. Ukraina monitoring kanali malumotiga köra, dronlar şahardagi neftni qayta işlaş zavodini nişonga olgan. “Astra” naşri öquvçilari yuborgan suratlarda ham korxona hududida kuçli yonğin çiqqanligi aks etgan.
“Rosneft” kompaniyasiga tegişli zavod yiliga 8,3 million tonna neftni qayta işlaş quvvatiga ega. Korxona 20 dan ortiq turdagi mahsulot işlab çiqaradi. Unga avval ham bir neça bor dronlar bilan hujum qilingan. Oxirgi hujum joriy yilning 22 avgust kuni sodir bölgan.
Tungi hujumlar ortidan Moskva va Moskva viloyatidagi aeroportlar faoliyatiga ham çeklovlar kiritilgan. Rossiya Federal havo transporti agentligi Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy va Şeremetevo aeroportlarida samolyotlarni qabul qiliş va jönatiş vaqtinça töxtatilganini malum qilgan. Yaroslavl aeroporti ham yopilgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin keça, 29 oktyabr keçqurunidan 30 oktyabr soat 07:00 gaça Moskva mintaqasi tomon 862 ta dron uçib kelganini yozgan. Uning takidlaşiça, dronlarning aksariyati uzoq masofada yöq qilingan, yana 170 tasi Moskva yaqinida zararsizlantirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa ötgan tun davomida mamlakatning 19 ta hududida 1 043 ta Ukraina droni tutib olinib, yöq qilinganini bildirgan. Dronlar Belgorod, Bryansk, Voronej, Volgograd, Samara, Tula va Moskva viloyatlari, şuningdek, Tatarstan ustidan urib tuşirilgan.
Naşrning yozişiça, bu yil boşidan beri Rossiyaga uyuştirilgan eng yirik dron hujumlaridan biri bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskva va Moskva viloyatiga Ukraina dronlari hujum qilgandi. Hujumlar ortidan ayrim aeroportlarda samolyotlarning uçişi va qönişiga çeklovlar joriy etilgandi.