SIga ortiqça işonç inson tafakkurini zaiflaştirişi mumkin – neyrobiolog
Suniy intellektdan ortiqça foydalaniş insonning tanqidiy fikrlaş qobiliyatini susaytirişi va uni real ijtimoiy munosabatlardan uzoqlaştirişi mumkin. Bu haqda BMTning Yangiliklar xizmati xabar berdi.
Neyrobiolog Devid Rokning fikriça, asosiy masala suniy intellektning odamlar uçun nimalar qilayotgani emas, balki u insonning öziga qanday tasir körsatayotganidir. Uning aytişiça, suniy intellekt avval insonning aqliy mehnatini talab qilgan vazifalarni ham bajara boşlagan. Buning oqibatida odamlar tahlil qiliş, baholaş va qaror qabul qiliş kabi jarayonlarni ham texnologiyaga topşirişga moyil bölmoqda.
Rok hozirgi jarayonni suniy intellekt imkoniyatlarini qöldan boy beriş qörquvidan uning salbiy oqibatlarini anglaş bosqiçiga ötiş sifatida baholagan. Uning aytişiça, taşkilotlarning atigi 5–10 foiz xodimi suniy intellektdan töğri foydalanmoqda. Ular texnologiyaga kundalik va takroriy vazifalarni topşirib, murakkab masalalar ustida fikrlaş uçun vaqt ajratadi. Qolganlar esa aksinça, tahlil va fikrlaş jarayonlarini ham suniy intellektga yuklamoqda.
Neyrobiolog bunday yondaşuv tanqidiy fikrlaş qobiliyatining asta-sekin susayişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan. Uning fikriça, inson suniy intellektdan foydalanayotganda ham fikrlaş jarayonida faol iştirok etişi kerak. Aks holda, yaxşi va yomon ğoyalarni farqlaş könikmasi yöqolişi mumkin.
Şuningdek, Rok zamonaviy iş muhitidagi asosiy muammolardan biri axborot yetişmasligi emas, balki uning haddan taşqari köpligi ekanini takidlagan. Xodimlar kun davomida xabarlar, bildirişnomalar, yangilanişlar va suniy intellekt yaratgan qisqa malumotlar bilan band böladi. Biroq inson miyasining diqqatni jamlaş va bir vaqtning özida köplab vazifalarni bajariş imkoniyati çeklangan.
Neyrobiolog suniy intellektning yana bir xavfli jihati odamlarning texnologiya bilan hissiy munosabat örnatişga intilayotganida ekanini qayd etgan. Uning aytişiça, tobora köproq insonlar çatbotlardan faqat malumot oliş uçun emas, balki suhbatlaşiş, maslahat söraş va hatto noz-karaşma qiliş uçun ham foydalanmoqda.
Rok keltirgan tadqiqotlarga köra, virtual suhbatdoşlar bilan köp vaqt ötkazadigan ayrim insonlar özlarini yanada yolğiz his qilişi mumkin. Çatbotlarga kuçli boğlaniş real ijtimoiy aloqalardan uzoqlaşiş bilan ham boğliq bölişi mumkin.
Rokning takidlaşiça, inson suniy intellektdan foydalanayotganda fikrlaş jarayonidan çetda qolmasligi kerak.
“Juda tez orada miyangizni bu jarayondan çetlaştirsangiz, uşbu könikmalarni yöqotib qöyasiz”, deya ogohlantirgan neyrobiolog.
Uning fikriça, suniy intellektga tahlil qiliş va qaror qabul qiliş kabi vazifalarni töliq topşiriş tanqidiy fikrlaş qobiliyatining susayişiga olib kelişi mumkin.
Rok suniy intellektdan foydalanişda «inson boşqaruvda» tamoyiliga amal qiliş kerakligini aytgan. Bunda texnologiya turli nuqtai nazarlarni körib çiqiş, taxminlarni tekşiriş va muqobil yeçimlarni örganişda yordam beradi. Biroq yakuniy xulosa va qaror insonning özida qolişi lozim.
Neyrobiologning takidlaşiça, suniy intellekt qançalik tez va aqlli bölmasin, inson öz tafakkurini işlatiş va rivojlantirişdan töxtamasligi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq suniy intellekt asosidagi çatbotlarni işlab çiquvçi Çaracter.AI kompaniyasining bankrotlik jarayoni millionlab foydalanuvçilarning şaxsiy malumotlari taqdiri borasida xavotirlarni keltirib çiqargani haqida xabar berilgan edi.