USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya harbiylarini yonilği bilan taminlovçi zavod hujumga uçradi

91 марта
Россия ҳарбийларини ёнилғи билан таъминловчи завод ҳужумга учради

Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçradi. Hujum oqibatida Kstovo tumanidagi sanoat korxonasi jiddiy zarar kördi. Bu haqda “Ukrinform“ xabar berdi.

Quyi Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bugun, 1 noyabrga ötar keçasi va ertalab hududda dronlarning ommaviy hujumi kuzatilganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, hujum vaqtida 100 dan ortiq dron urib tuşirilgan. Dastlabki malumotlarga köra, jabrlanganlar yöq, biroq Kstovo tumanidagi sanoat korxonasi jiddiy zarar körgan.

Gubernator hujumga uçragan korxonaning nomini oçiqlamagan. Biroq Telegram-kanallar dronlar aynan Kstovo şahridagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilganini xabar qilgan. Mahalliy aholi hududda portlaşlar ovozi eşitilganini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi malumotiga köra, 1 noyabrga ötar keçasi mamlakat hududlari uzra jami 235 ta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilgan.

Malumot uçun, “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ zavodi Rossiyaning strategik ahamiyatga ega neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi. U Rossiya qurolli kuçlari va Moskva mintaqasini yonilği bilan taminlaydi. Moskva mintaqasi mamlakatdagi umumiy benzin istemolining qariyb 30 foizini taşkil etadi.

Zavod yiliga 17 million tonna xom neftni qayta işlaş quvvatiga ega. Korxonada 50 dan ortiq turdagi mahsulot, jumladan, aviatsiya va dizel yonilğisi işlab çiqariladi. Uşbu yonilği turlari Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi ehtiyojlari uçun ham yetkazib beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Boşqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa şahridagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: