USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Istanbuldagi töyda Özbekiston fuqarosi piçoqlab öldirildimi?

105 марта
Истанбулдаги тўйда Ўзбекистон фуқароси пичоқлаб ўлдирилдими?

Turkiyaning Istanbul şahridagi töyxonada yuzaga kelgan janjalda Turkmaniston fuqarosi, 33 yoşli Qiliç Böriyev böynidan piçoqlanib, halok böldi. Politsiya gumonlanuvçini voqeada işlatilgan piçoq bilan birga qölga oldi. Bu haqda DHA axborot agentligi xabar berdi.

Turkiya ommaviy axborot vositalari dastlab marhumni Özbekiston fuqarosi deya xabar qilgan, biroq keyinçalik uning Turkmaniston fuqarosi ekani malum bölgan.

Qayd etilişiça, voqea keça, 1 noyabr kuni soat 23:30 atrofida Istanbulning Kiçikçekmeje tumanidagi Kemalpoşa mahallasi Nebioğlu köçasida joylaşgan töyxonada sodir bölgan. Töy vaqtida ikki guruh örtasida hozirça sababi aniqlanmagan mojaro kelib çiqqan.

Taxminan bir soat davom etgan tortişuv piçoqli janjalga aylangan. Janjal vaqtida Qiliç Böriyev böynidan piçoqlanib, oğir yaralangan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib borgan. Böriyevga birinçi yordam körsatilganidan söng u şifoxonaga olib ketilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Malum qilinişiça, janjal iştirokçilari spirtli içimlik tasirida bölgan. Gumonlanuvçi R.T. Qiliç Böriyevning böyin qismiga piçoq bilan jarohat yetkazgan.

Politsiya R.T. ni Avjilar tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qölga olgan. Undan voqeada işlatilgan piçoq ham olib qöyilgan.

Marhumning jasadi sud-tibbiyot institutidan autopsiya jarayonlari tugaganidan söng oilasi tomonidan olib ketilgan. Uning jasadi ertaga öz vatani Turkmanistonga olib ketilişi malum qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: