Istanbuldagi masjidda qurolli otişma böldi
Turkiyaning Istanbul şahridagi Ayubsulton masjidida ibodat davom etayotgan paytda ikki kişi örtasida janjal çiqdi. Söng janjal kuçayib, qurolli töqnaşuvga aylanib ketdi. Bu haqda “Haberturk” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea keça, 28 sentyabr kuni Ayubsulton masjidida sodir bölgan. Ibodat davom etayotgan vaqtda 38 yoşli S.A. va A.M.Ç. örtasida hozirça sababi nomalum bölgan janjal yuzaga kelgan.
Janjal kuçayib ketgaç, A.M.Ç. yonida bölgan ruxsatnomali töpponçasini çiqarib, uni töxtatiş maqsadida havoga 4 marta öq uzgan.
Öq ovozlaridan söng masjidda sarosimali vaziyat yuzaga kelgan. Xabar berilişi bilan voqea joyiga Ayubsulton tumani politsiya xodimlari yetib kelgan.
Huquq-tartibot xodimlari A.M.Ç.ni foydalangan quroli bilan birga qölga olgan.
Bildirilişiça, hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi litsey oldida nomalum şaxs qurol bilan atrofga tasodifiy öq uzgandi. Hujum oqibatida bir öquvçi halok bölib, 8 kişi jabrlangan.