AQŞdagi savdo markazida otişma sodir böldi. Qurbonlar bor
AQŞning Miçigan ştati Dirborn şahridagi Fairlane Town Center savdo markazida sodir bölgan otişma oqibatida ikki kişi halok böldi, yana bir kişi jarohat oldi. Bu haqda ABC News xabar qildi.
Dastlabki malumotlarga qaraganda, hodisa keça, 3 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 atrofida yuz bergan. Voqea joyiga yetib borgan huquq-tartibot idoralari uç nafar öq tekkan jabrlanuvçini aniqlagan.
Dirborn politsiyasi boşliği Issa Şahinning aytişiça, qurbonlardan biri voqea joyida, ikkinçisi esa şifoxonada vafot etgan. Jarohatlangan uçinçi şaxsga esa tibbiy yordam körsatilmoqda.
Politsiya malumotiga köra, otişma tasodifiy hujum bölmagan, mojaro savdo markazida bir-birini tanigan ikki guruh örtasida yuzaga kelgan va janjal qurolli töqnaşuvga aylangan.
“Bunday zöravonlik holatlarini mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Inson hayotiga zomin böliş katta fojia”, deydi Şahin.
Uning sözlariga köra, voqeaga aloqador şaxslar asosan ösmirlikning oxiri yoki yigirma yoşlardagi yoşlar bölgan. Tergov davomida hodisaga aloqador bir neça kişi söroq qilinmoqda. Politsiya otişmada töpponçalardan foydalanilganini malum qilgan, biroq mojaroning aniq sababi hozirça aniqlanmagan.
Ayni paytda heç kim hibsga olinmagan hamda huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 iyun kuni Germaniya şimolidagi Ştade şahrida joylaşgan Yoşlar ijtimoiy taminoti muassasasida sodir bölgan otişma oqibatida 5 kişi halok bölgandi.
Mumtozbegim Abdumöminova