Universitetdagi otişmada 5 kişi yaralandi
20-04-2026, 18:42
218 марта

Universitetdagi otişmada 5 kişi yaralandi
Keça, 19 aprel kuni ertalab AQŞning Ayova ştati markazidagi Ayova universiteti kampusi yaqinidagi piyodalar savdo markazida otişma sodir böldi. Oqibatda beş kişi jarohat oldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.Malum qilinişiça, jarohatlanganlardan kamida 3 nafari Ayova universitetining talabasi bölgan. Ayova şahar politsiya boşqarmasi rasmiylarining aytişiça, otişma mahalliy vaqt bilan soat 1:46 atrofida piyodalar savdo markazida “katta janjal” boşlanganidan keyin yuz bergan.
“Etib kelgan ofitserlar otişma ovozini eşitdi. Birinçi yordam körsatuvçilar voqea joyiga yetib kelişdi. Jabrlanuvçilarning şaxsi aniqlandi”, deyilgan politsiya bayonotida.
“Hamma qöşimça malumot kutayotgan bir paytda, men bu talabalar, ularning oilalari, döstlari va ularga ğamxörlik qiladigan barça odamlar haqida öylayapman”, degan Ayova universiteti prezidenti Barb Uilson xodimlar va professor-öqituvçilarga bergan bayonotida.Xabarga köra, otişma bilan boğliq hibsga olingan şaxslar haqida malumot darhol elon qilinmagan. Biroq tergovçilar otişma bilan boğliq tört kişining kuzatuv kamerasidagi fotosuratlarini elon qilgan va ularning şaxsini aniqlaşda jamoatçilikdan yordam söragan.
“Kevin va men bugun ertalab Ayova ştatidagi otişma jabrlanuvçilari va ularning oilalari bilan birga ibodat qilamiz. Bu bemani zöravonlik harakati universitet jamoasini va ştatimizni vayron qildi. Men Ayova universiteti prezidenti Barbara Uilson va Rejents kengaşi raisi Robert Kramer bilan gaplaşdim va ularga ştatning barça resurslari tergovga yordam berişini aytdim. Jamoat xavfsizligi departamenti öz yordamini taklif qilib, Ayova şahar politsiya departamenti bilan boğlandi”, deb yozgan Ayova ştati gubernatori Kim Reynolds X tarmoğida.