USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini tiklaşni taklif qilyapti

39 марта
АҚШ Россия газининг Украина орқали транзитини тиклашни таклиф қиляпти

Oq uy mamuriyati qiş oldidan energetika sohasidagi sulh böyiça muzokaralar doirasida Ukraina hududidagi quvurlar orqali Rossiyadan Yevropaga gaz yetkazib berişni qayta tiklaşga intilmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Naşrning malumotlariga köra, AQŞning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner şu kuzda Moskva va Kiyevga taşriflari çoğida Rossiya gazini AQŞ vositaçisi orqali sotişni taklif qilgan, bu esa Yevropa sanktsiyalarini çetlab ötiş imkonini beradi. Bunda Ukraina gaz tranzitidan mablağ oladi, Rossiyaning daromadlarini esa mablağlar harbiy harakatlarni moliyalaştirişga ketmasligi uçun uçinçi mamlakatdagi eskrou-hisobvaraqlarga ötkaziş taklif etilmoqda.

Oq uyning fikriça, Rossiyaning Yevropa bozoriga qaytişi mamlakat Prezidenti Vladimir Putin uçun keng kölamli energetik sulhga rozi bölişga kuçli rağbat böladi.

AQŞ Yevropaning gaz zaxiralari qiş oldidan oxirgi töqqiz yildagi eng past mavsumiy darajaga tuşib qolgan bir paytda, energiya manbalari narxini pasaytiriş uçun yevropalik ittifoqçilarini Rossiya gazini xarid qilişga qaytişga köndirişga urinmoqda. Biroq AQŞning uşbu taklifi YeI davlatlari rahbarlari tomonidan keskin qarşilikka uçramoqda — ittifoq Ukraina böyiça tinçlik bitimiga erişiliş-erişilmasligidan qati nazar, 2027 yilning oxirigaça Rossiya gazini sotib olişni töliq töxtatiş niyatida. 

Şu bilan birga, yevropalik diplomatlar agar Kiyev energetika obektlariga öt oçişni töxtatiş şarti bilan yetkazib berişlarni maqullasa, Bryussel uçun Rossiya gazi importiga qaytiş osonroq bölişini tan olmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: