USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nyu-Yorkda 30 yildan beri ilk bor qizamiqdan bola vafot etdi

58 марта
Нью-Йоркда 30 йилдан бери илк бор қизамиқдан бола вафот этди

AQŞning Nyu-York ştatida qizamiq bilan kasallangan bola vafot etdi. Bu ştatda sönggi 30 yil içida uşbu kasallikdan qayd etilgan ilk ölim holati böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Malum qilinişiça, bola Nyu-York ştatining şimoliy qismidagi Lyuis okrugida vafot etgan. Bu hudud Sirakuz şahridan 150 kilometr şimolda joylaşgan. Bu haqda ştat gubernatori Keti Xokul keça, 2 noyabr kuni malum qilgan.

Naşrga köra, AQŞda 2000 yilda emlaş darajasini yuqori saqlaş orqali qizamiqning mamlakat içida tarqalişiga barham berilgan edi. Biroq sönggi yillarda emlanganlar uluşi kamayib, kasallik tarqalişining oldini oliş uçun zarur bölgan 95 foizlik körsatkiçdan pastga tuşgan.

Keti Xokul bolaning ölimini oldini oliş mumkin bölgan kasalliklardan himoyalaniş borasida erişilgan yutuqlar xavf ostida ekanining aççiq eslatmasi deb atagan. Uning takidlaşiça, bunga Vaşingtonning uşbu yönalişdagi siyosati ham tasir körsatmoqda.

AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika markazi joriy yilda mamlakatda qizamiq bilan boğliq uçta ölim holatini tasdiqlagan. Biroq ştat soğliqni saqlaş idoralari bundan köproq holat haqida xabar bergan. Xususan, Pensilvaniyada yil boşidan buyon qizamiqdan beş kişi vafot etgan, yana bir ölim holati tekşirilmoqda.

Malumot uçun, Keti Xokul oktyabr oyi boşida qöşni ştatlar va Nyu-Yorkning qişloq hududlarida qizamiq bilan kasallaniş holatlari qayd etilgani sababli favqulodda holat elon qilgan. Qaror bilan qizamiqqa qarşi emlaş huquqiga ega tibbiyot xodimlari doirasi kengaytirilib, feldşerlar va doyalarga ham bunday vakolat berilgan. Şuningdek, hamşiralarga şifokorlar bilan bir qatorda tahlillar tayinlaşga ruxsat etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada asosan çorva hayvonlarida uçraydigan Şamonda virusini yuqtirgan ilk inson vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: