Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar — Pentagon Eronga qarşi operatsiya tafsilotlarini oçiqladi


22 iyun kuni AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset va Birlaşgan Ştab boşliqlari qömitasi raisi general Den Keyn Pentagonda AQŞning Eronga bergan zarbalari böyiça brifing ötkazdi.
New York Times naşrining yozişiça, Hegset nutqini prezident Trampni maqtaş bilan boşlagan va uning bu harbiy operatsiyasini «jasoratli va ajoyib» deb atadi.
«Tungi bolğa» operatsiyasi
Pit Hegsetning sözlariga köra, AQŞning Eronga bergan zarbalari «çalğitiş usuli» (misdirection) bilan amalga oşirilgan. Bu ehtimol, Tramp harbiy aralaşuvga ikki hafta içida qaror qilişi mumkin, degan Oq uy bayonotiga işora bölişi mumkin.
Brifingda eng muhim masala — Fordoga qança zarar yetkazilgani va prezident Tramp işlatgan «er bilan yakson qilindi» ifodasining haqiqatga qançalik yaqin ekani böldi.
General Keyn Eronga qarşi operatsiyaning nomi «Midnight Hammer» — «Tungi bolğa» bölgani va juda maxfiy ötkazilganini aytdi.
«Yuqori darajadagi maxfiy missiya bölib, Vaşingtonda uni faqat juda ozçilik bilgan»,deya operatsiyani tarifladi general.

Keynning aytişiça, B-2 bombardimonçilari AQŞ hududidan havoga kötarilgan va 18 soatlik parvoz davomida nişonlarga yetib borgan. «Midnight Hammer» operatsiyasida jami 75 ta yuqori aniqlikdagi qurollar, şu jumladan, 14 ta GBU-57 turdagi Massive Ordnance Penetrator bombalari işlatilgan. Fors körfazidagi AQŞ Harbiy-dengiz floti suvosti kemasi ham operatsiya doirasida 24 ta Tomahawk raketasini uçirgan.

Şuningdek, AQŞ qiruvçi samolyotlari Eronning havo mudofaa tizimlariga ham hujum qilgan. General Keyn Tinç okeani ustidan uçgan ayrim B-2 samolyotlari çalğituvçi harakat bölganini tan oldi.
Brifing çoğida general Den Keyn Eron tomonidan B-2 bombardimonçilariga yoki ularni kuzatib yurgan qiruvçi samolyotlarga qarata birorta ham öq otilmagani, yer-havo raketalari ham uçirilmaganini qayd etdi.
Yakson qilingan emas, balki jiddiy zarar
General Keynning aytişiça, operatsiya oqibatlarini yakuniy baholaş uçun vaqt kerak böladi. Biroq dastlabki natijalar uçala yadro obekti ham «jiddiy zarar va vayronagarçilik»ka uçraganini körsatmoqda. Trampdan farqli ravişda, u general «yakson qilindi» sözini işlatmagan.
«Menimça, dastlabki zarar tahlili (PDA) hali yakunlanmagan va ayni paytda u yerda nima bor yoki yöqligi haqida izoh beriş uçun juda erta», - dedi general Keyn Pentagonda jurnalistlarga.

New York Times'ning yozişiça, ismi oşkor etilmagan yuqori martabali AQŞ rasmiysi B-2 hujumi Fordodagi çuqur mustahkamlangan obektni butunlay yöq qilmagan, ammo unga jiddiy zarar yetkazganini tan oldi.
General Keynning sözlariga köra, bu AQŞ tomonidan mustaqil tarzda amalga oşirilgan bombardimon bölib, Isroilning avvalgi zarbalaridan strategik jihatdan foydalangan, biroq operatsiyada Isroil qiruvçi samolyotlari iştirok etmagan.
«Çeksiz uruş emas»
AQŞ mudofaa vaziri Hegsetga köra, Tramp mamuriyati «Uruş vakolatlari töğrisida»gi qonunga muvofiq, samolyotlar xavfsiz hududga çiqqaç, Kongress azolarini zarba berilgani haqida zudlik bilan xabardor qilgan.

Eron böyiça zarba uzoq davom etadigan uruşga aylanib ketmasligi haqida bergan savolga javoban Pentagon rahbari «Bu mutlaqo çeksiz uruş emas», deya javob berdi.
Al Jazeera naşriga köra, general Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy xizmatçilarini Eronning mumkin bölgan javobidan himoya qiliş uçun körilgan çoralar haqida izoh berişdan boş tortgan.
«Bizning qöşma harbiy kuçimiz Qöşma Ştatlar, harbiylarimiz va mintaqadagi manfaatlarimizni himoya qilişga doim tayyor», - dedi u.
AQŞ Eron rejimni almaştirmoqçi emas
«Bu missiya — na ilgari, na hozir rejim özgarişi bilan boğliq emas. Bu Eron yadroviy dasturi tomonidan AQŞ milliy manfaatlariga tuğdirilgan tahdidlarni zararsizlantirişga qaratilgan aniq möljallangan harbiy operatsiya»,dedi Pentagon rahbari.
Takidlaş joizki, bir neçta xalqaro ekspertlar AQŞning Eron yadroviy dasturi haqidagi tahdid davolariga şubha bilan qaraşmoqda. Eron esa doimiy ravişda yadroviy dasturi faqat tinç maqsadlarga qaratilganini bildirib kelmoqda.

AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegsetning aytişiça, u hanuz Eron «AQŞ talablari bajarilişi uçun qanday aniq qadamlar kerakligini yaxşi bilgan holda» muzokaralarga qaytişiga umid qilmoqda.
«Men faqat şuni tasdiqlay olamanki, hozirda Eronga turli kanallar orqali oçiq va yopiq xabarlar yetkazilmoqda, ularga muzokaralar stoliga qaytiş uçun barça imkoniyatlar berilmoqda», - dedi Hegset jurnalistlarga.
General Keyn esa Eronning yadro salohiyati bor-yöqligi yuzasidan: «Hozirça bu borada aniq bir narsa deyiş uçun erta», - deb javob berdi.
Mudofaa vaziri Pit Hegset Eronning yadro quroli işlab çiqarmoqçi bölgani haqidagi maxfiy AQŞ razvedka malumotlari mavjudmi, degan savoldan qoçdi.
Isroil Eronni zarbaga uçratganini aynan Tehron yadro qurolini «tezkor işlab çiqişga harakat qilayotgani» bilan izohlagan edi. Ammo AQŞ razvedkasi bunday xulosaga kelmagan.