Puşkinning maktab darsligidagi şeri qirqib taşlandi
Rossiyada 3-sinflar uçun möljallangan “Adabiy öqiş” darsligida Aleksandr Puşkinning “Qişki oqşom” şeri şoir enagasiga “alamdan içiş”ni taklif qilgan jumlasisiz çop etildi. Uşbu qisqartirişga “Fontanka” naşrining öquvçisi etibor qaratgan.
Qayd etilişiça, öquv qöllanmasiga quyidagi satrlar kiritilmagan: “Vipem, dobraya podrujka/ Bednoy yunosti moyey, / Vipem s gorya; gde je krujka? / Serdtsu budet veseley” (“Içaylik, noçor yoşligimning mehribon dösti, / Alamdan içaylik, krujka qani? / Köngil biroz yoziladi”). Gap 2023 yilda naşr etilgan va boşlanğiç umumiy talimning federal dasturiga kiritilgan “Adabiy öqiş. 1–4-sinflar” turkumidagi darslik haqida bormoqda.
Muştariyning sözlariga köra, farzandiga şerni yodlaş vazifasi berilgan.
“Şu iboraga kelganda, öğlim darslikda bu narsa yöqligini isbotlay boşladi”. Darslikni olib keliş uçun maşinaga bordik va haqiqatan ham şunday ekan. Endi Puşkin avvalgidek emas”, deydi naşr öquvçisi.
“Prosveщeniye” naşriyoti bolalar uçun darsliklar tayyorlaşda “Bolalarni ularning soğliği va rivojlanişiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonun talablari inobatga olinganini malum qilgan. Naşriyotga köra, voyaga yetmaganlar orasida “ularda spirtli içimliklarni istemol qiliş istagini uyğotişga qodir bölgan” malumotlarni tarqatiş taqiqlangan.
Malumot uçun, Puşkin “Qişki oqşom” şerini 1825 yilda Pskov guberniyasidagi Mixaylovskoye mulkida surgunda bölgan paytida yozgan. Şer uning enagasi – Arina Rodionovnaga bağişlangan. Asar ilk bor 1829 yilda naşr etilgan.