AQŞ Eronning raketa uçiriş maydoniga zarba berdi
AQŞ harbiy samolyotlari Eronning Qeşm orolidagi raketa uçiriş maydoniga zarba berdi. AQŞ harbiylari buni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining amerikalik harbiy xizmatçilar va obektlarga qarşi harakatlariga javoban amalga oşirilgan “özini himoya qiliş“ zarbasi deb izohladi. Bu haqda AQŞ harbiy rasmiysi CNN’ga malum qildi.
AQŞ harbiy rasmiysining CNN’ga malum qilişiça, keça, 17 noyabr kuni amalga oşirilgan hujumda yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanilgan. Uning aytişiça, AQŞ Markaziy qömondonligi mintaqadagi amerikaliklarni himoya qiliş uçun yuqori şay holatda turibdi.
Şuningdek, Eron davlat OAVlari Qeşm orolidagi şaharlardan birining çekkasida joylaşgan hudud “duşman hujumi“ga uçraganini xabar qilgan. Hormozgon viloyati gubernatorining siyosiy va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari Ahmad Nafisining bildirişiça, zarba hayotiy muhim infratuzilma obektlari, savdo va turar joylarga zarar yetkazmagan.
Şu bilan birga, bugun, 18 noyabr kuni erta tongda Quvayt harbiylari havo hujumidan mudofaa tizimlari duşman dronlari hujumlariga javob qaytarayotganini malum qilgan. Hozirça dronlar qayerdan uçirilgani, nişoni va hujum oqibatlari haqida malumot berilmagan.
Ayni paytda AQŞning uçinçi avianosetsli zarba guruhi Markaziy qömondonlik masuliyat hududiga kirgan. U Eron portlari blokadasini taminlaş va Hurmuz böğozi orqali ötadigan savdo kemalarini kuzatib boriş operatsiyalariga qöşilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Bahrayndagi AQŞ harbiy bazasiga oltita dron uçirgan edi.