USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy ilk ekipajsiz yuk taşiydigan ulkan samolyotni havoga kötardi

39 марта
Хитой илк экипажсиз юк ташийдиган улкан самолётни ҳавога кўтарди

Xitoyda yaratilgan, dunyodagi eng yirik uçuvçisiz yuk samolyoti sifatida taqdim etilayotgan W5000 ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.

Malum qilinişiça, W5000 samolyoti Xitoyning Air White Whale aviatsiya kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. U joriy yilning 14 noyabr kuni mamlakat şimolidagi Içki Möğuliston hududida sinovdan ötkazilgan.

Sinov parvozi davomida samolyot taxminan 600 metrlik yugurişdan söng yerdan kötarilib, 2 ming metr balandlikka çiqqan. U havoda qariyb 30 daqiqa bölib, muvaffaqiyatli qöngan.

Parvoz jarayonida avtonom boşqaruv tizimi va malumot uzatiş kanallari tekşirilgan. Şuningdek, muhandislar samolyotning dvigateli, avionikasi, aloqa uskunalari hamda boşqaruv tizimlarining özaro işlaşini baholagan.

W5000 ekipajsiz parvoz qiliş uçun möljallangan. Uning harakati avtonom tizim orqali boşqariladi, yerdagi mutaxassislar esa samolyotning joylaşuvi va texnik holatini kuzatib boradi. Havo kemasining yuk bölimi hajmi 65 kub metrni taşkil etadi. Samolyot 5 tonnagaça yukni 2 600 kilometr masofaga taşiş imkoniyatiga ega.

Samolyot konstruktsiyasining qariyb 65 foizi uglerod tolali kompozit materiallardan tayyorlangan. Bu uning vaznini kamaytirib, köproq yuk taşiş imkonini beradi.

Işlab çiqaruvçilar W5000’dan hududlararo yuk taşiş, harorat rejimiga rioya qiliş talab etiladigan mahsulotlarni yetkaziş hamda favqulodda vaziyatlarda taminot işlarida foydalanişni rejalaştirmoqda. Kompaniya baholaşiga köra, samolyotda bir tonna yukni bir kilometrga taşiş xarajatlari ekipajli öxşaş yuk samolyotlariga nisbatan 60 foizdan köproq kam bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida yölovçi bilan uçuvçisiz havo kemasining namoyişkorona parvozi amalga oşirilgani haqida xabar berilgan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: