USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyodagi eng maşhur parol malum böldi

94 марта
Дунёдаги энг машҳур пароль маълум бўлди

Dunyoda eng köp qöllaniladigan parol yettinçi bor “123456” böldi. Şuningdek, “admin” va “12345678” ham eng köp tarqalgan parollar qatorida qolmoqda. Bu haqda NordPass kompaniyasining 2026 yilgi tadqiqotida malum qilindi.

Tadqiqot NordPass va NordLayer Intelligence tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi mustaqil mutaxassislar bilan hamkorlikda ötkazilgan. Unda 2025 yil sentyabridan 2026 yil sentyabrigaça bölgan davrda oçiq malumotlar sizib çiqişi holatlari va darknetda tarqalgan parollar tahlil qilingan. Tadqiqot 44 ta mamlakatdagi parol tendentsiyalarini qamrab olgan.

Hisobotga köra, “123456” ketma-ket sakkiz yillik tadqiqotlarning yetti nafarida eng köp işlatilgan parol sifatida birinçi örinni egallagan. Joriy yilgi reytingda ham birinçi uçlik özgarmagan: “123456” birinçi, “admin‘” ikkinçi, “12345678” esa uçinçi örindan joy olgan. “password” paroli yettinçi öringa tuşgan, “1234” esa kuçli beşlikka kirgan.

Tadqiqotçilar parollarni tanlaşda ommaviy madaniyat ham tasir körsatişini aniqlagan. Xususan, sportçilar, musiqaçilar, video öyinlar, anime va ijtimoiy tarmoqlar nomlari parollarda köp uçraydi. Masalan, “Lebron0319”, “Savage20”, “roblox.com1” va “kibiditoilet” kabi kombinatsiyalar qayd etilgan.

Şuningdek, COVID-19 pandemiyasi ham parollar tanloviga tasir körsatgan. “Covid@19”, “Covid-19” va “corona2020” kabi kombinatsiyalar keng tarqalgan. Tadqiqotda 2020 yil fevral va oktyabr oylari oraliğida foydalanuvçilardagi parollar soni örtaça 25 foizga oşgani ham qayd etilgan.

NordPass mutaxassislari foydalanuvçilarga kamida 15 belgidan iborat, katta va kiçik harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni öz içiga olgan murakkab parollardan foydalanişni tavsiya qilgan. Şuningdek, har bir akkaunt uçun alohida parol belgilaş, köp bosqiçli autentifikatsiyani yoqiş va parollarni muntazam yangilab boriş kerakligi takidlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kembrij luğati 2026 yilning eng asosiy sözini elon qilgandi. Uşbu maqomga “human” (“inson”) sözi loyiq körilgan. Bu suniy intellekt rivojlanib borayotgan bir paytda insoniy fazilatlarga bölgan qiziqiş ortib borayotganini aks ettiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: