USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Peruda qariyb 7 magnitudali zilzila sodir böldi

40 марта
Перуда қарийб 7 магнитудали зилзила содир бўлди

Peruning markaziy qismida 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinişi poytaxt Lima şahrida ham sezilib, aholi xavfsizlik maqsadida uylarini tark etib, köçaga çiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Malum qilinişiça, zilzila keça, 20 noyabr kuni mamlakatning And toğlari hududidagi Xunin mintaqasida sodir bölgan. Peru Geofizika instituti malumotlariga köra, yer silkinişining öçoği 129 kilometr çuqurlikda joylaşgan.

Poytaxt Limada aholi uylarini tark etgan. Televideniye lavhalarida parlament azolarining ham Kongress binosidan çiqib ketgani aks etgan.

Xunin viloyati mahalliy kengaşi azosi Visente Kispening aytişiça, hozirça hududda vayronagarçiliklar haqida malumot kelib tuşmagan. Uning takidlaşiça, bu mintaqada bunday kuçli zilzila ilk bor sezilgan.

Şuningdek, AQŞ Tsunami haqida ogohlantiriş tizimi zilziladan keyin tsunami xavfi mavjud emasligini malum qilgan.

Qayd etilişiça, Peru Tinç okeanining “Olov halqasi” deb ataluvçi seysmik faol hududida joylaşgan. Bu mintaqada tektonik plitalarning harakati sababli zilzilalar tez-tez sodir böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya markazida sodir bölgan 5,7 magnitudali zilzila oqibatida kamida 22 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: