USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniyada 40 tonnali Karl Marksning boşi oçiladi

68 марта
Германияда 40 тоннали Карл Маркснинг боши очилади

Germaniyaning Xemnits şahrida Karl Marksning 40 tonnali bronza haykali içki tuzilişini tekşiriş maqsadida oçiladi. Mutaxassislar restavratsiya işlaridan oldin yodgorlikning içki konstruktsiyasi va texnik holatini örganadi. Bu haqda DW naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, balandligi 7 metrdan oşadigan haykalni oçiş işlari kelasi haftaga rejalaştirilgan. Keça, 20 noyabr kuni esa yodgorlik atrofida quriliş havozalarini örnatiş boşlangan.

Mutaxassislar bronza qobiq pölat karkasga mahkamlanganmi yoki faqat boltlar yordamida biriktirilganmi, degan savolga javob topişi kerak. Haykalning çizmalari saqlanib qolganiga qaramay, uning içki tuzilişi hozirgaça töliq aniqlanmagan.

Qayd etilişiça, 1 iyul kuni mutaxassislar haykalning biriktiruvçi çoklari tarkibini aniqlaş va bronza qismlarga zarar yetkazmasdan oçiş texnologiyasini tanlaş uçun material namunasini olgan.

Mazkur yodgorlik sovet haykaltaroşi Lev Kerbel tomonidan yaratilgan bölib, 95 ta bronza qismdan iborat. Uning qismlari Leningradda quyilgan va balandligi 4,5 metr bölgan granit poydevorga örnatilgan. Haykal 1971 yil 9 oktyabr kuni, şahar Karl-Marks-Ştadt deb atalgan vaqtda oçilgan.

1990 yilda şaharga uning tarixiy nomi Xemnits qaytarilgaç, haykalni buzib taşlaş masalasi ham muhokama qilingan. Biroq bu taşabbus şahar aholisining köpçiligi tomonidan qöllab-quvvatlanmagan. Şu yili yodgorlik Saksoniya hududidagi davlat muhofazasiga olingan madaniy obidalar röyxatiga kiritilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Misrning Nil deltasi hududidagi qişloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan firavn haykalining qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: