USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentga Qozoğistondan çang massalari kirib kelmoqda

64 марта
Тошкентга Қозоғистондан чанг массалари кириб келмоқда

Toşkent şahriga Qozoğistondan çang massalari kirib kelmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Qayd etilişiça, sönggi beş kun davomida Toşkent şahrida yoğingarçilikning kuzatilmagani, şamol tezligining nisbatan pastligi va havo almaşinuvining sustligi şahar atmosferasida ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştirmoqda.

Şu bilan birga, Qozoğiston hududidan havo oqimlari orqali transçegaraviy çang massalarining Toşkent viloyati va Toşkent şahri tomon kirib kelişi kuzatilmoqda.

Bu holat Özgidrometning Toşkent şahri böylab joylaştirilgan atmosfera havosi sifatini monitoring qiliş avtomatik stantsiyalari malumotlarida ham aks etmoqda. Xususan, poytaxt hududidagi stantsiyalarda ifloslantiruvçi moddalar kontsentratsiyasining sezilarli ortişi qayd etilmagani, biroq çegaraoldi avtomatik stantsiyalarida 2026 yil 17–21 noyabr kunlari olingan monitoring natijalarida PM2.5 va PM10 çang zarraçalari miqdorining yuqori körsatkiçlari kuzatilgani çang massalarining taşqi hududlardan kirib kelayotganini körsatuvçi muhim dalillardan biri.

Mazkur davrda, ayniqsa, “Sofiya” va “Green University” çegaraoldi monitoring stantsiyalarida PM2.5 va PM10 zarraçalari kontsentratsiyasining yuqori körsatkiçlari qayd etilgan.

Bundan taşqari, avtotransport vositalari, quriliş maydonlari va sanoat korxonalaridan çiqadigan taşlamalar ham atmosfera havosi sifatiga tasir etuvçi mahalliy omillar hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: