USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya harbiy kemasi Liviyada hujumga uçradi

46 марта
Россия ҳарбий кемаси Ливияда ҳужумга учради

Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgani taxmin qilinmoqda. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

Malum qilinişiça, hodisa keça, 22 noyabr kuni sodir bölgan. Liviyaning ikki nafar harbiy rasmiysi dastlabki tergov natijalariga köra, kemaga Ukraina kuçlari nazoratidagi bazadan bir neçta dengiz droni uçirilganini bildirgan. Ularning aytişiça, kamida törtta dron tutib qolingan va yöq qilingan, yana ikkitasi harbiy kemaga borib urilgan. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va obektda yonğin yuzaga kelgan.

Liviyaning şarqiy va janubiy hududlarini nazorat qiluvçi, özini Liviya milliy armiyasi deb ataydigan tuzilma vakillari jurnalistlarga ismlarini oşkor qilmaslik şarti bilan malumot bergan. Ular buning sababi sifatida rasmiy izoh beriş vakolatiga ega emasliklarini körsatgan.

Liviyada Muammar Qaddofiy hokimiyati NATO qöllab-quvvatlagan qözğolon natijasida ağdarilganidan beri siyosiy böliniş saqlanib qolmoqda. Mamlakatning ğarbida BMT tomonidan qöllab-quvvatlanadigan hukumat, şarqida esa unga raqib mamuriyat faoliyat yuritadi. Neft zaxiralariga boy Liviya Rossiya va Ğarb örtasidagi raqobat markazlaridan biri bölib qolmoqda. Liviya şarqidagi hukumat bayonotida ham 22 noyabr kungi hujum tufayli dengiz bazasida portlaş va yonğin sodir bölgani, keyinçalik yonğin öçirilgani aytilgan.

“Almasar” suniy yöldoş telekanali yonğin içida qolgan kemaning videotasvirini namoyiş etgan. Telekanal malumotiga köra, Liviya dengiz floti Malta bayroği ostidagi kema ekipajini qutqargan. Bayonotda kema Rossiya va Liviyaning şarqiy hukumati örtasidagi hamkorlik kelişuvi doirasida yoqilği quyiş va taminot oliş uçun bazaga kirgani qayd etilgan. Biroq kemaning özi yoki uning yuki haqida batafsil malumot berilmagan.

Şuningdek, hujumning ortida turgan tomonni aniqlaş maqsadida Rossiya bilan qöşma tergov boşlangani bildirilgan. Hozirça heç bir guruh hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Rossiya va Ukraina rasmiylari ham voqea yuzasidan darhol munosabat bildirmagan.

Yevropalik rasmiylardan biri Benğozi portida Rossiya kemasi iştirokida portlaş sodir bölgani haqidagi xabarlar işonçli körinayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, kema Rossiya korveti sifatida aniqlangan, biroq hozirça portlaş sabablariga baho beriş imkoni bölmagan.

Liviya ğarbidagi hukumat Ukrainadagi uruşni nazarda tutib, mamlakat portlari va fuqarolik obektlarining taşqi mojarolarga jalb etilişidan xavotir bildirgan.

“Hukumat Liviyani xalqaro mojarolar maydoniga yoki taşqi kuçlar özaro hisob-kitob qiladigan hududga aylantirişga qatiy qarşiligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

Naşr malumotlariga köra, mart oyida ham Liviyaning ğarbiy qismida yaşirin kelişuv asosida faoliyat yuritayotgan Ukraina kuçlari Örta yer dengizida, Malta suvlari yaqinida Rossiya tankeriga dengiz dronlari bilan hujum qilganlikda gumon qilingan. Bu haqda öşa vaqtda Liviya rasmiylari xabar bergan.

Agentlik qayd etişiça, asosan dronlar böyiça mutaxassislardan iborat Ukraina kuçlari Misratadagi harbiy-havo bazasida, şuningdek, poytaxt Tripoli va sohil böyidagi Zaviya şahrida joylaşgan boşqa harbiy obektlarda ham faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko Finlyandiya körfazining neytral suvlarida Ukraina dronlari Kaliningradga yöl olgan yuk kemasiga hujum qilganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: