Ukraina dronlari Rossiyadagi neft infratuzilmasi obektlariga hujum qildi
Bugun, 23 noyabrga ötar keçasi Ukraina harbiy kuçlari Rossiyaning Tatariston va Rostov viloyatidagi neft infratuzilmasi obektlariga, şuningdek, Perm ölkasidagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. Hujumlar oqibatida ayrim obektlarda yonğin yuzaga kelgan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Tataristonning Almetevsk şahridagi Kaleykino neft nasos stantsiyasi yana dronlar nişoniga aylangan. “Astra” va Ukrainaning “Exilenova+” monitoring loyihasi stantsiya hududida yonğin çiqqanini aks ettiruvçi tasvirlarni elon qilgan. Tatariston rahbarining matbuot xizmati TASSga respublikadagi neft obektlariga hujum qilinganini malum qilgan. Bayonotda aytilişiça, uzoq davom etgan havo hujumi oqibatida bir neçta obekt zarar körgan. Hodisa tufayli halok bölganlar va jabrlanganlar yöq.
Rostov viloyatida esa Ukraina dronlari Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodiga (NQIZ) zarba bergan. Guvohlar tomonidan tarqatilgan tasvirlarda şahar ustiga qora tutun kötarilganini köriş mumkin. Bundan taşqari, Perm viloyatidagi “Lukoyl-Permnefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilingan. Viloyat hokimiyati Ukraina dronlari nomalum sanoat obektiga zarba berganini bildirgan. Hujum oqibatida yonğin sodir bölgan.
Kaleykino neft nasos stantsiyasi Rossiya neft quvurlari tizimining muhim markazlaridan biri hisoblanadi. U “Transneft-Prikame” aktsiyadorlik jamiyatiga tegişli. Ukraina dronlari uşbu stantsiyaga avval ham, 19 noyabr kuni hujum qilgan edi.
Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodi Rostov viloyatidagi yagona şunday korxona bölib, Rossiya janubidagi yirik yoqilği yetkazib beruvçilardan biri hisoblanadi. Zavod avval ham Ukraina hujumlari nişoniga aylangan. Sentyabr oyi oxirida Rostov viloyati rasmiylari navbatdagi hujumdan keyin korxona faoliyati töxtatilganini malum qilgan edi.
“Lukoyl-Permnefteorgsintez” esa Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgandi. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan.