USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Liviyadagi portlaşda rossiyaliklar halok bölgan – OAV

39 марта
Ливиядаги портлашда россияликлар ҳалок бўлган – ОАВ

Liviyaning Benğozi portida turgan Rossiyaning “Merkuriy” korveti bortida sodir bölgan portlaş oqibatida halok bölganlar bor. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi. 

Telekanal suhbatdoşlari qurbonlar soniga aniqlik kiritmagan holda, halok bölganlar orasida rossiyaliklar va liviyaliklar borligini bildirgan. Kemaning özi çökib ketgan, suratlarda suv yuzasidan faqat uning tumşuq qismi körinib turibdi.

Mahalliy hukumatga köra, “Merkuriy” Benğozi portiga Rossiya va Şarqiy Liviya hukumati örtasidagi hamkorlik töğrisidagi kelişuv doirasida yoqilği quyiş va zaxiralarni töldiriş uçun borgan.

“Al Jazeera”ning ikki manbasi kema bortida qurol-yaroğ, öq-dorilar va dronlar yuki bölganini malum qilgan. “Associated Press” manbalarining xabar berişiça, korvetga 22 noyabrga ötar keçasi Ğarbiy Liviyadagi Ukraina kuçlari nazorati ostida bölgan bazadan uçirilgan dronlar hujum qilgan. Manbalar guvohlarning sözlariga tayanib, hujumda uçta dron iştirok etganini aytgan.

Mahalliy hukumat Rossiya bilan birgalikda hodisa yuzasidan tergov boşlaganini malum qilib, “xalqaro mojarolar eksportiga” yöl qöymasliklarini bildirgan. Benğozi rasmiylari “Merkuriy”ga berilgan zarba uçun javobgarlikni töğridan töğri Ukraina zimmasiga yuklamagan, biroq Liviya “Rossiya–Ukraina uruşini oqlamasligini” urğulagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: