Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼ USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şahzoda Uilyam va Keyt Middltonning uyiga öğri tuşdi

11 марта
Шаҳзода Уильям ва Кейт Миддлтоннинг уйига ўғри тушди

Qiroliça Yelizaveta II şahzoda Uilyam va Keyt Middltonga töy sovğasi sifatida bergan şahar taşqarisidagi uyga öğri tuşdi. Vertolyot yordamida olib borilgan qidiruvlar natijasida ikki kişi qölga olindi. Hodisa sodir bölgan paytda qirollik juftligi va ularning farzandlari uyda bölmagan. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Britaniya taxti vorisi şahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middltonning şahar taşqarisidagi uyi – Anmer-hollga ikki nafar öğri tuşdi. Qirollik oilasiga tegişli Sandringem hududidagi hodisadan söng politsiya bölinmalari harakatga kirişgan.

Joriy yilning 23 noyabr kuni keçqurun Norfolk politsiyasi şubhali faollik haqida xabar olgaç, uşbu hududda keng kölamli qidiruv işlarini boşlagan. Politsiya itlari, dronlar va vertolyotdan foydalanilgan tadbirlar natijasida ikki nafar erkak öğrilik va noqonuniy ravişda kirişda gumonlanib qölga olingan.

Malum bölişiça, hodisa sodir bölgan paytda şahzoda Uilyam va Keyt Middlton farzandlari Jorj, Şarlotta va Lui bilan birga şahar taşqarisidagi uyda bölmagan. Xabar qilinişiça, oila Vindzordagi qarorgohida bölgan. Kensington saroyi xavfsizlik masalalari böyiça heç qanday bayonot bermasligini elon qilgan.

Malumot uçun, öğrilik gumoni bilan tergov boşlangan 10 ta yotoqxonali qasr 2011 yilda qiroliça Yelizaveta II tomonidan şahzoda Uilyam va Keyt Middltonga töy sovğasi sifatida topşirilgan. Qirollik juftligi xususiy hovuz va tennis kortiga ega uşbu qasrdan tatil paytlarida foydalanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Pari Sen-Jermen” hujumçisi Dezire Duening uyiga nomalum şaxslar tomonidan öğrilikka uriniş bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: