Bangkokdagi neft zavodi portlab, yonib ketdi
Tailand poytaxti Bangkokdagi yirik neft zavodida portlaş va yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida kamida 9 kişi jarohatlandi, yaqin atrofda yaşovçi aholi vaqtinça evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Malum qilinişiça, portlaş bugun, 26 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida sodir bölgan. Jarohatlanganlarning aksariyati kuyiş jarohatlarini olgan, uç nafarining ahvoli oğir. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa joyidan osmonga quyuq qora tutun kötarilganini köriş mumkin.
Voqea haqida xabar berilgaç, şahar mamuriyati aholiga hududni tark etişni va portlaş sodir bölgan joyga yaqinlaşmaslikni tavsiya qilgan. Bir soatga yetmay yonğin öçirilgan. Keyinçalik yaqin atrofdagi aholiga uylariga qaytişga ruxsat berilgan. Biroq zavoddan 5 kilometr radiusda yaşovçilarga havo ifloslanişi ehtimoli sabab ehtiyot böliş tavsiya etilgan.
Zavod egasi bölgan Bangçak Corporation yonğin sodir bölganini tasdiqlagan va uning sababi hozirda örganilayotganini bildirgan. Şuningdek, korxonadagi barça işlab çiqariş jarayonlari vaqtinça töxtatilgan.
Tailand Energetika vaziri Akanat Prompxanning malum qilişiça, yonğin neft saqlaş inşootidan taxminan 100 metr uzoqlikdagi qayta işlaş uskunalaridan birida boşlangan bölişi mumkin. Vazir neft saqlaş inşootlari xavfsizligi töliq tasdiqlanmagunça zavod faoliyati tiklanmasligini aytgan.
Qayd etilişiça, zavodning kunlik neft qayta işlaş quvvati 120 ming barrelni taşkil etadi. U Tailanddagi beşinçi yirik neft zavodi bölib, mamlakat poytaxtida joylaşgan yagona şunday korxona hisoblanadi. Vazir mamlakatda yana beşta neft zavodi mavjudligi sababli uşbu hodisa neft taminotiga tasir qilmasligini bildirgan.
Malumot uçun, mazkur zavodda 2012 yilning iyul oyida ham portlaş va yonğin sodir bölgan. Öşanda yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetgan, korxonani tamirlaş işlari esa ikki hafta davom etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yamanning Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylari Saudiya Arabistonidagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodi – Ras-Tanuraga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.