Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ispaniyada 7 ming tonna dizel olib ketayotgan tanker ağdarildi. Qurbon bor

8 марта
Испанияда 7 минг тонна дизель олиб кетаётган танкер ағдарилди. Қурбон бор

Ispaniyaning Ibitsa oroli sohillari yaqinida 7 ming tonnagaça dizel yonilğisi olib ketayotgan tanker ağdarilib ketdi. Hodisa oqibatida ekipaj azolaridan biri halok böldi, yana olti kişi şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Malum qilinişiça, Malta bayroği ostida suzayotgan “Med Emre” tankeri bortida 17 nafar ekipaj azosi bölgan. Hodisadan keyin ularning barçasi qutqarilgan. Yetti kişi şifoxonaga olib ketilgan, biroq ulardan biri keyinçalik vafot etgan. Qolgan olti nafar ekipaj azosining ahvoli oğir emas. Ular asosan sovqotiş va yengil jarohatlar sabab davolanmoqda.

Tanker Ibitsa sohilidan 46 kilometr, Valensiya şahridan esa 57 dengiz mili uzoqlikda ağdarilgan. Kema Ispaniyaning janubidagi Algeciras portidan Barselonaga qarab ketayotgan bölgan. Uning nima sababdan ağdarilgani hozirça nomalum.

Hodisa joriy yilning 25 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 atrofida boşlangan. Qutqaruv xizmatlari kemadan yordam çaqiruvini olganidan bir neça daqiqa ötib, ekipaj tankerda sizib çiqiş yuz bergani va kema 90 daraja qiyşayib qolganini bildirgan.

Dastlab kema töliq çökib ketgani haqida xabar berilgan, biroq keyinçalik uning bir qismi suv ostida qolgani aniqlangan.

Hozirda tankerning atrof-muhitga yetkazişi mumkin bölgan zarari örganilmoqda. Ispaniya dengiz qutqaruv xizmatining “Clara Campoamor” kemasi va samolyot hududga yuborilgan. Kema atrofida paydo bölgan kiçik yonilği doği keyinçalik yöqolgani aytilgan. Hozirça dengizga qança yonilği tökilgani haqida aniq malumot yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi bandargohda turgan kruiz kemasi bilan töqnaşgan edi. Töqnaşuv oqibatida yölovçi kemasi ağdarilib, çökib ketgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: