Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ebola “quturmoqda”: kasallanganlar 12 mingdan oşdi

0 марта
Эбола “қутурмоқда”: касалланганлар 12 мингдан ошди

Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy hududlarida Ebola epidemiyasi bilan kasallanganlar soni 12 ming nafardan oşdi. Mamlakatdagi qurolli töqnaşuvlar esa kasallik tarqalişiga qarşi kuraşni qiyinlaştirmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Kongo Soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, hozirgaça 12 021 nafar kişida Ebola virusi tasdiqlangan, ulardan 5 904 nafari vafot etgan. Şu tariqa, kasallikni yuqtirganlarning qariyb yarmi hayotdan köz yumgan.

Qayd etilişiça, joriy yilning may oyida boşlangan epidemiya Bundibugio deb ataluvçi Ebola virusi turi sababli yuzaga kelgan. Uşbu virusga qarşi hozirça tasdiqlangan vaktsina yoki davolaş usuli mavjud emas.

Kasallik bilan boğliq vaziyatni nazorat qilişga qurolli mojarolar, yomon yöllar, aholining işonçsizligi va notöğri malumotlar tarqalişi ham tösqinlik qilmoqda.

Ebola kasal yoki uşbu kasallikdan vafot etgan insonlarning qoni va boşqa tana suyuqliklari bilan bevosita aloqa qiliş orqali yuqadi. Uning tarqalişini çeklaş uçun bemorlarni tezda aniqlaş va izolyatsiya şaroitida davolaş, virusni yuqtirgan bölişi mumkin bölgan şaxslarni kuzatiş hamda marhumlarni xavfsiz dafn etiş talab etiladi.

Malum qilinişiça, keça, 26 noyabr kuni Kongo şarqidagi Buniya şahridan 25 kilometr şimolda joylaşgan Iga-Barer konçilik şaharçasida armiya va isyonçilar örtasida yana janglar boşlangan. Töqnaşuvlar sababli hududdan Buniya şahriga köçib kelayotgan aholi oqimi ortgan. Mazkur şahar Ituri provintsiyasining mamuriy markazi hamda Ebola epidemiyasiga qarşi kuraşning asosiy markazlaridan biri hisoblanadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Ebola epidemiyasi böyiça masullaridan biri Ketrin Smollvudning aytişiça, armiya va isyonçilar örtasidagi janglar tibbiy guruhlarning ayrim hududlarga yetib borişiga tösqinlik qilgan. Natijada virusni yuqtirgan bölişi mumkin bölgan odamlarni kuzatiş işlari töxtab qolgan, ayrim davolaş markazlarida esa xodimlar soni kamaygan.

Şuningdek, joriy yilning 24 noyabr kuni viloyat markazining şimoli-şarqida joylaşgan Akve şahridagi şifoxonada uç kun davomida otişmalar sababli qamalib qolgan qariyb 10 kişi, jumladan, JSSTning ikki xodimi va Kongo soğliqni saqlaş idoralari vakillari Buniya şahriga evakuatsiya qilingan.

Malumotlarga köra, bu Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan 17-Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Hozirgi epidemiya mamlakat tarixidagi eng halokatli epidemiyaga aylanişi mumkin. Uning qurbonlari soni 2014–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada 11 mingdan ortiq kişining hayotiga zomin bölgan Ebola epidemiyasi körsatkiçidan oşib ketişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasidan olti oy içida 11 mingdan ortiq odam virusni yuqtirib, 5,5 mingdan ziyodi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: