Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina dronlari Rossiyaning 4 ta hududiga hujum qildi

10 марта
Украина дронлари Россиянинг 4 та ҳудудига ҳужум қилди

Ukraina dronlari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri, Krasnodar ölkasi, Leningrad va Tula viloyatlariga hujum qildi. Novorossiysk şahrida uç kişi jarohatlandi, turar joy binolari va xususiy uylarga zarar yetdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Krasnodar ölkasining Novorossiysk şahrida dron qoldiqlari köp qavatli uy derazalarini sindirgan. Şuningdek, ikkita xususiy uyda yonğin çiqqan.

Leningrad viloyatida hujum vaqtida Ladoga köprigi harakat uçun yopilgan. Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenkoning aytişiça, tunda hudud osmonida 45 ta dron urib tuşirilgan. Köprik hududida mobil öt oçiş guruhlari işlagan.

Sankt-Peterburgning bir neçta tumanida portlaş ovozlari eşitilgan. Naşrning yozişiça, şahardagi Lidiya Zvereva köçasida joylaşgan “Şuvalovskiy” turar joy majmuasining yuqori qavatlaridan biri şikastlangan. Jabrlanganlar haqida malumot yöq. Hujum sabab Pulkovo aeroporti samolyotlarni qabul qiliş va jönatişni vaqtinça töxtatgan.

Tula viloyatining Yefremov şahrida ham portlaşlar sodir bölgan. “Astra” va Exilenova+ monitoring kanallari xabariga köra, portlaşlar sintetik kauçuk zavodi yaqinida yuz bergan.

Viloyat gubernatori Dmitriy Milyayev hujum oqibatida infratuzilmaga zarar yetmaganini, biroq bir neçta xususiy uyning derazalari singanini bildirgan.

“Ukrainskaya pravda” naşrining yozişiça, Yefremov sintetik kauçuk zavodida işlab çiqariladigan mahsulotlar raketa yoqilğisi tayyorlaşda işlatiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Stavropol ölkasidagi Nevinnomissk şahrida Ukraina dronlarining sanoat infratuzilmasiga uyuştirgan hujumi oqibatida ikki kişi jarohatlangan edi. Şuningdek, işlab çiqariş va energetika obektlari yaqinida urib tuşirilgan dronlarning parçalari qulaşi oqibatida bir neçta bino şikastlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: