Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Koreya sobiq prezidentiga qöyilgan ayblovlardan biri olib taşlandi

15 марта
Корея собиқ президентига қўйилган айбловлардан бири олиб ташланди

Janubiy Koreya Oliy sudi sobiq prezident Yun Sok Yolning yolğon körsatma beriş ayblovi böyiça oqlangani haqidagi sud qarorini öz kuçida qoldirdi. Bu uning oqlovi yakuniy tasdiqlangan ilk işi böldi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Yun Sok Yol 2024 yilning 3 dekabrida mamlakatda harbiy holat elon qilinişi bilan boğliq sud jarayonida sobiq boş vazir Xan Dok Suning işi böyiça yolğon körsatma berganlikda ayblangan.

Tergov maxsus guruhi sobiq prezident öşa paytda harbiy holat elon qiliş haqidagi qarordan avval Vazirlar mahkamasi yiğilişini ötkazişni rejalaştirgani haqida yolğon malumot berganini takidlagan. Ayblovga köra, Yun dastlab rasmiy yiğiliş ötkazişni rejalaştirmasdan olti nafar vazirni çaqirgan, keyin esa Xan Dok Suning taklifi bilan harbiy holatni qonuniylaştiriş uçun zarur bölgan kvorumni taminlaş maqsadida boşqa vazirlarni ham taklif qilgan.

Biroq apellyatsiya sudi sentyabr oyida quyi sudning oqlov hukmini öz kuçida qoldirgan. Sud Vazirlar Mahkamasi yiğilişidagi ğayrioddiy holatlarning özi Yun Sok Yolni aybdor deb topiş uçun yetarli emasligini bildirgan.

Oliy sud ham apellyatsiya instantsiyasi qarorini özgartiriş uçun asos topmagan. Uning takidlaşiça, ayblovni tasdiqlaş uçun yetarli dalillar bölişi şart. Bunday dalillar mavjud bölmasa, gumonlar bölişiga qaramay, sudlanuvçi foydasiga qaror çiqarilişi lozim.

Malumot uçun, Janubiy Koreya Oliy sudi joriy yilning iyul oyida Yun Sok Yolga nisbatan tergovçilarning uni hibsga olişiga tösqinlik qilgani uçun tayinlangan yetti yillik qamoq jazosini ham öz kuçida qoldirgan.

Şuningdek, joriy yilning fevral oyida quyi sud sobiq prezidentni qisqa muddatli harbiy holat elon qilişi orqali isyonga boşçilik qilganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan. Hozirda uşbu iş apellyatsiya sudida körib çiqilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyada maxsus maslahat guruhi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan davlat töntarişiga uriniş ayblovi böyiça apellyatsiya sudida yana ölim jazosini tayinlaşni söragani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: