Paşinyan Rossiya FXXdan Armaniston çegarasidan çiqib ketişni söradi
Armaniston Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) çegara xizmati kömagidan butunlay voz keçiş va öz çegaralarini mustaqil ravişda qöriqlaş niyatida. Bu haqda keça, 26 noyabr mamlakat Boş vazir Nikol Paşinyan malum qildi.
“Kelgusi yillarda çegaralarimiz uçun masuliyatni töliq öz zimmamizga oliş vaqti keldi”, deydi Paşinyan.
Avvalroq, u örta muddatli istiqbolda çegaralarni töliq nazoratga olişga umid qilayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, bu Yevropa Ittifoqi bilan viza rejimini liberallaştirişga tayyorgarlik doirasida çegara xizmatini isloh qiliş bilan boğliq. Rossiya çegaraçilaridan voz keçiş rejalari haqidagi bayonot Paşinyanning Moskvaga taşrifidan bir hafta oldin yangradi.
Malumot uçun, Rossiya çegaraçilari Armanistonda 1992 yil 30 sentyabrdagi şartnoma asosida xizmat olib boradi va Turkiya hamda Eron bilan çegaralarni qöriqlaşda iştirok etadi. Yerevan ularning mamlakatdagi iştirokini izçil ravişda qisqartirib kelmoqda. 2024 yil avgustida FXX xodimlari “Zvartnots” xalqaro aeroportini, 2025 yil yanvarida Eron bilan çegaradagi “Agarak” nazorat-ötkaziş punktini, fevral oyi oxirida esa Turkiya bilan çegaradagi “Margara” nazorat-ötkaziş punktini tark etdi.
2026 yil sentyabrida Paşinyan 1995 yildan beri Gyumrida joylaşgan Rossiyaning 102-harbiy bazasi mavjudligi zaruratini ham şubha ostiga olgan. Boş vazirning sözlariga köra, baza Armaniston xavfsizligi uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega emas.
Yerevan va Moskva örtasidagi munosabatlar 2024 yil fevral oyida keskinlaşgan edi. Öşanda Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkilotidagi (KXŞT) iştirokini muzlatib qöygan va Rossiyani Ozarbayjon bilan mojaro paytida respublika xavfsizligini taminlaş böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblagan edi. Paşinyan taşkilotni “pufak-ittifoq” deb atagan va mamlakatning unga qiziqişi qolmaganini bildirgan.
11 noyabr kuni Moskvada bölib ötgan KXŞT sammitida blok iştirokçilari azolik badallari böyiça qarzdorlik sababli Armanistonni ovoz beriş huquqidan va öz vakillarini tayinlaş imkoniyatidan mahrum qildi.