Telegram iPhone egalarini ommaviy xakerlik hujumi xavfidan ogohlantirdi
Telegram iOS operatsion tizimining eski versiyalaridan foydalanayotgan iPhone egalari ommaviy xakerlik hujumiga uçraşi mumkinligidan ogohlantirdi. Pavel Durovning aytişiça, ayrim hollarda telefonni buzib kiriş uçun şunçaki zararli saytni oçişning özi kifoya qilişi mumkin. Bu haqda Telegram asosçisi Pavel Durov X ijtimoiy tarmoğida malum qildi.
“iPhone foydalanuvçilari ommaviy ravişda xakerlik hujumiga uçramoqda. Agar iOS versiyangiz hatto biroz eskirgan bölsa ham, barça malumotlaringiz xavf ostida. Telefonni buzib kiriş uçun şunçaki biror saytni oçişning özi kifoya qilişi mumkin. Biz iOS’ning eski versiyalaridan foydalanayotgan barça foydalanuvçilarimizga uşbu ogohlantirişni yuboryapmiz”, deb yozgan Durov.
Telegram yuborgan xabarda operatsion tizimning eskirgan versiyalarida xavfsizlik zaifliklari mavjudligi, bu esa foydalanuvçilarning şaxsiy malumotlari va akkauntlariga xavf tuğdirişi aytilgan. Messenjer telefonni himoya qiliş uçun iOS’ning mavjud sönggi yangilanişini örnatişni tavsiya qilgan.
Avvalroq, Apple ham veb-kontentni qayta işlaş bilan boğliq zaifliklarni bartaraf etiş uçun bir neça bor yangilanişlar çiqargan. Xususan, 2025 yil mart oyida kompaniya iOS 18.3.2 versiyasini örnatişni tavsiya qilgan. Uşbu yangilaniş brauzerning WebKit mexanizmidagi xavfsizlik muammosini bartaraf etgan.
Apple malumotlariga köra, maxsus tayyorlangan zararli veb-kontent brauzerning himoyalangan muhitidan çiqib ketişi mumkin bölgan. Kompaniya uşbu zaiflikdan iOS 17.2 dan oldingi versiyalardan foydalanayotgan ayrim şaxslarga qarşi murakkab hujumlarda foydalanilgan bölişi mumkinligini bildirgan.
2026 yil iyul oyida esa Apple xavfsizlikka oid qariyb 90 ta tuzatişni öz içiga olgan iOS 26.6 yangilanişini çiqargan. “Forbes“ naşri kiberxavfsizlik mutaxassislariga tayanib, uşbu tuzatişlar orasida WebKit bilan boğliq zaifliklar ham bartaraf etilganini yozgan.