WhatsApp Durovning keskin tanqidiga javob qaytardi
12-04-2026, 17:18
152 марта

WhatsApp Durovning keskin tanqidiga javob qaytardi
Telegram egasi Pavel Durov WhatsApp’ni keskin tanqid qilgan edi. Uning tanqididan söng WhatsApp vakillari X’da töliq şifrlaş (end-to-end encryption) böyiça bayonot berdi.Pavel Durov WhatsApp’dagi şifrlaş tizimi milliardlab foydalanuvçilarni çalğituvçi “tarixdagi eng katta istemolçilarni aldaş holati” bölişi mumkinligini yozgandi.
“Öz bayonotlariga qaramay, ilova foydalanuvçilarning xabarlarini öqiydi va ularni uçinçi şaxslarga topşiradi. Telegram heç qaçon bunday qilmagan va qilmaydi ham”, degandi milliarder.WhatsApp messenjeri X’da Durovning posti ostida javob qaytarib, şaxsiy xabarlar va qönğiroqlar uçun sukut böyiça (avtomatik tarzda) töliq şifrlaş qöllanilişini malum qildi.
“Bu Telegram haqida köp narsani anglatadi – siz hatto ikkalasini ham qilişga urinib körmaysiz, çunki bu murakkab jarayon. WhatsApp sukut böyiça şaxsiy va guruhli xabarlar uçun töliq şifrlaşni taminlaydi, biz köplab qurilmalarni, ovozli va videoqönğiroqlarni qöllab-quvvatlaymiz. Şuningdek, bizda töliq şifrlangan zaxira nusxalari (backup) ham mavjud”, deydi WhatsApp vakillari.