Rossiyada WhatsApp töliq bloklanişi mumkin
29-11-2025, 11:19
112 марта

Rossiyada WhatsApp töliq bloklanişi mumkin
WhatsApp Rossiya qonunçiligi talablarini bajarişni davom ettirmasa, u Rossiyada butunlay bloklanadi. Bu haqda Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça federal xizmat (Roskomnadzor) xabar berdi.Roskomnadzor WhatsApp messenjeriga nisbatan çeklov çoralarini kuçaytirayotganini bildirgan. Bunga sabab sifatida platforma Rossiya hududida jinoyatlarning oldini olişga qaratilgan talablarni bajarmayotgani körsatilgan.
Roskomnadzor’ning malum qilişiça, messenjer Rossiya qonunlarini buzişda davom etmoqda. Federal xizmat versiyasiga köra, WhatsApp Rossiyada sodir etilgan terrorçilik hujumlarini taşkil qiliş va ularning ijroçilarini yollaş, şuningdek, “fuqarolarga qarşi firibgarlik va boşqa jinoyatlar” uçun qöllanilmoqda.
“Çeklovlar bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda, bu foydalanuvçilarga boşqa messenjerlarga ötişga imkon beradi. Agar messenjer Rossiya qonunçiligi talablarini bajarmasa, u töliq bloklanadi”, deyiladi xabarda.