Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Rossiyaning 5 ta hududini bombaladi

0 марта
Украина Россиянинг 5 та ҳудудини бомбалади

Ukraina harbiylari bugun, 28 noyabrga ötar keçasi Rossiyaning Rostov viloyatidagi Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodiga dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda “Meduza“ xabar berdi.

Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar Novoşaxtinsk şahri va viloyatning yettita tumanida 50 dan ortiq dron urib tuşirilganini malum qilgan. Biroq u hujum oqibatlari haqida malumot bermagan.

Hujum oqibatlari aks etgan foto va videolarni “Astra” naşri hamda Ukrainaning monitoring Telegram-kanallari elon qilgan. Uşbu zarba sönggi bir neça kun içida bu zavodga uyuştirilgan ikkinçi hujum bölgan.

Şuningdek, Samara viloyatida bir oy içida ikkinçi marta “Samara” işlab çiqariş-dispetçerlik stantsiyasi nişonga olingan. “Astra” va Ukrainaning monitoring kanallarining xabariga köra, stantsiya “Prosvet” posyolkasi yaqinida joylaşgan.

“Samara” stantsiyasi “Transneft” tizimining bir qismi hisoblanadi. Unga Ğarbiy Sibir, Tatarstan, Orenburg viloyati va Qozoğistondan neft olib keluvçi törtta quvur ulangan.

Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Şapşaning aytişiça, keça, 27 noyabr oqşomidan buyon hududda 120 ta dron urib tuşirilgan. Dron qoldiqlari Kaluga şahri çekkasidagi dala hovliga zarar yetkazgan. Hodisada heç kim jabrlanmagan.

Moskva meri Sergey Sobyanin sakkiz soat davomida şahar tomon uçib kelgan 123 ta dron urib tuşirilganini bildirgan. Uning sözlariga köra, jami 462 ta dron Moskva tomon yönalgan. Hujum sababli Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida parvozlar böyiça çeklovlar joriy etilgan.

Bryansk viloyatining Klimovo posyolkasida esa dron “Miratorg“ kompaniyasining xizmat avtobusiga hujum qilgan. Gubernator Yegor Kovalçukning malum qilişiça, hodisa oqibatida 9 kişi jarohatlangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa 28 noyabr kuni ertalab bir keça davomida mamlakat hududida 1 200 dan ortiq dron urib tuşirilganini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri, Krasnodar ölkasi, Leningrad va Tula viloyatlariga hujum qilgan edi. Novorossiysk şahrida uç kişi jarohatlanib, turar joy binolari va xususiy uylarga zarar yetgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: